Foydali manbalar













OTM web-reytingi

“Kamolot”dan yangi aksiya

2016-yil 4-may kuni katta tanaffus vaqtida “Kamolot” YоIH boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatlarini yanada oshirish va universitet hamda ijtimoiy hayot haqidagi bilimlarini sinab qo‘rish maqsadida “Kamolot viktorinasi” aksiyasi tashkil etildi.






Ushbu aksiyada tashkilotchilar tomonidan turli xil qiziqarli savollar tuzilib, universitetning talabalar gavjum bo‘lgan qismida ixtiyoriy talabaga berildi. 1 ta savolga to‘g‘ri javob bergan talabaga rag‘bat sifatida o‘quv qurollari, 3 ta savolga to‘g‘ri javob bergan talaba madaniy konsert dasturiga bepul chipta sovg‘a qilindi. Aksiya talaba-yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu aksiya o‘quv yilining har haftasida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

10 may 2017 yil, 2,667
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering