Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida tahsil olayotgan muddatli harbiy xizmatni o‘tab, imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar ishtirokida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan xayriya hashari tashkil etildi

2016-yil 30-aprelda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan Toshkent shahridagi “Fozil Ota” qabristonida xayriya hashari tashkil etildi.






Hasharni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarda vatanparvarlik ruhini shakllantirish, marhumlar ruhiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etishga jalb qilish maqsadida tashkil etildi. Xayriya hasharida universitetning Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakultetining 4-kurs talabalari faol ishtirok etidalar. Qabriston begona o‘tlardan tozalanib, o‘simlik ekilgan hududlar yumshatildi. Muhtaram yurtboshimizning “Savob ishni har kim har kuni qilishi kerak” degan fikrlarini o‘zlariga shior sifatida qabul qilgan talaba-yigitlar o‘zlarini mehnatsevarligi va faolligi bilan alohida ajralib turdi. Hashar ishlari yakunlangach, o‘tganlar ruhini shod etish maqsadida keksa otaxonlar tomonidan Qur’on tilovati qilinib, yurtimiz tinchligi va yoshlarimizning kamolini so‘rab duo fotiha qilindi.

“Kamolot” YoIH boshlang‘ich

tashkilot yetakchisi R.Raxmanov

10 may 2017 yil, 2,942
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering