|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


O’zbekistonda mustaqillik yillarida ta`lim tizimining barcha turlarini, jumladan, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish bo’yicha aniq maqsadli keng miqyosdagi ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
O’zbekistonda mustaqillik yillarida ta`lim tizimining barcha turlarini, jumladan, o erliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish bo’yicha aniq maqsadli keng miqyosdagi ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida maktab ta`limini rivojlantirishning umummilliy davlat dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish natijasida ta`lim jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oluvchi, zamonaviy o’quv-laboratoriya uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlangan umumta`lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy ta`lim muassasalaridan iborat, yuqori talablarga javob beruvchi uzluksiz ta`limning yaxlit tizimi yaratildi.



“Ta`lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar asosini tashkil etmoqda. Universitetimiz 80 yillik faoliyatida ta`lim sifati va samaradorligini oshirish, ta`lim tizimining uzluksizligi hamda uzviyligini ta`minlash, ma`naviy va axloqiy talablarga javob bera oladigan yuqori malakali hamda yuqori kasbiy mahoratga ega bo’lgan ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash jarayoniga alohida e`tibor berib kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456 sonli “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoni magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlarni tayyorlashda bizning oldimizga qator vazifalarni qo’ymoqda.
Universitetimizda magistrlarni tayyorlash borasida mutaxassislik bo’yicha mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbga doir faoliyatni tashkil etish, magistrlarni mutaxassisligi bo’yicha oliy ta`limdan keyingi katta ilmiy xodim izlanuvchilar institutiga tayyorlash jarayoniga alohida e`tibor berib kelinmoqda.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Magistratura bo’limi” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-sonli “O’zbekiston Respublikasi ta`lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq alohida bo’lim sifatida shakllantirilib, magistratura faoliyati O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining 2012 yil 29 oktyabrdagi 418-sonli “Magistratura to’g’risidagi Nizom” asosida faoliyat yuritmoqda.
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbol vazifalaridan kelib chiqqan holda oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash sohasida 25 ta magistratura mutaxassisliklari bo’yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab kelinmoqda.

Bugungi kunda magistrant muhim ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy muammoni hal etishi, fanning tegishli tarmog’ini rivojlantirishda yangi fan yutuqlari bilan ishtirok etishi hamda davlat va jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shadigan ilmiy asoslangan texnik, iqtisodiy va texnologik Yechimlarni ta`minlaydigan ilmiy faoliyatni olib borishi lozim. Shuningdek, o’zi tanlagan mutaxassislikning rivojlanish kontseptsiyasining mohiyati va mazmunini chuqur bilishi, mutaxassislik bilimlarni puxta egallashi, ilmiy faoliyatni fan va ta`limning istiqbolli yo’nalishlari bilan uyg’un holda olib borishi, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashda nazariy, ilmiy va metodologik bilimlarni mukammal egallashi, muammoni aniq tasavvur qilgan holda, ilmiy ma`lumotlar va materiallarni tahlil qilish, tizimlashtirish, umumlashtirish va eksperimental tadqiqotlar olib borish qobiliyatiga ega bo’lishi talab etiladi.


Magistratura talabalari fanning turli sohalarida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda va ko’plab yutuqlarni qo’lga kiritmoqda.
Magistratura bo’limining faoliyati sport sohasida ham sezilarli o’rin egallay boshladi. Magistratura bo’limi talabalarning muvaffaqqiyatlarini munosib taqdirlab, ularga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.
Hozirgi kunda iqtidorli talablar akademiyasida 4 nafar magistrant nomdor talaba bo’lish uchun tayyorgarlik ishlarini olib bormoqdalar.


Magistrantlarning ilmiy salohiyati, bilimi va tafakkuri ularning keyingi ilmiy–pedagogik faoliyatida yuqori natijalariga erishishlari uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tahsil olishlari, ta`limning ustuvor yo’nalishlarida tadqiqot olib borishlari uchun Yetarli shart-sharoitlar yaratilgan.
Magistrlar tayyorlash bilan band bo’lgan pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifati monitoringi, magistrantlarning bilim va ko’nikmalari hamda kasbiy tayyorgarliklari doimiy ravishda tahlil qilib boriladi.

2008 yildan buyon magistrantlarning “Tafakkur sarchashmalari” nomli bilan ilmiy –metodik maqolalari to’plami nashr qilinib kelinmoqda. 2014 yildan boshlab ushbu ilmiy-metodik maqolalar to’plami “Pedagogik innovatsiyalar” nomi bilan chop etilmoqda. Shu bilan birgalikda magistratura talabalarining ilmiy va metodik yo’nalishlarda amalga oshirilgan ishlari chet el va mahalliy matbuotda doimiy chop etib kelinmoqda.


Raxbariyat










  • Pedagogikadan savol

    Darsning texnologik xaritasi nima uchun xizmat qiladi?

    Javob: O`qituvchi va talaba faoliyati hamda unga taqsimlangan vaqt me`yorini har bir bosqich bo`yicha to`g`ri belgilash

So`nggi yangiliklar


Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar




        
2017-03-27 23:23:34