Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey

Universitet qoshidagi akademik litsey 1995 yilda tashkil etilgan bо‘lib, hozirda 700 nafarga yaqin о‘quvchiga 56 nafar о‘qituvchilar ta’lim-tarbiya berishmoqda. Ulardan 11 nafari universitet professor-о‘qituvchilari bо‘lib, ular chuqurlashtirib о‘qitiladigan fizika, matematika, ona tili va adabiyoti, ingliz tili, tarix, informatika fanlaridan dars berishga jalb etilgan.






Akademik litsey о‘quv jarayoni 4 ta yо‘nalish: aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy gumanitar fanlar hamda xorijiy filologiya yо‘nalishlarida tashkil etilgan. 5 ta fan kafedralari mavjud bо‘lib, ular: aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, xorijiy tillar, tilshunoslik.

Litseyning bitiruvchi kurs о‘quvchilari uchun haftada 2 marta universitet bazasida tarix, ingliz tili, matematika-fizika, biologiya, kimyo, о‘zbek tili va adabiyoti fanlaridan qо‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etilgan.

Litseyda 27 ta tо‘garaklar mavjud bо‘lib, shulardan 22 ta fan tо‘garagi, 2 ta sport tо‘garagi, 3 ta ijodiy tо‘garaklardir.

Akademik litseyning 5 nafar о‘qituvchisi universitet yetakchi olimlari rahbarligida dissertatsion tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Litseyda universitetning 6 ta kafedra filiallari faoliyat yuritmoqda. Universitet professor-о‘qituvchilarining yakuniy DAK a’zosi sifatidagi ishtiroki ta’minlangan.

Akademik litsey binosi 2007 yilda yangi qurilgan bо‘lib, 720 о‘ringa mо‘ljallangan. ARMda 881 nomdagi 8545 dona adabiyotlar mavjud bо‘lib, ular о‘quv qо‘llanmalar va badiiy adabiyotlardan iborat. Universitet tomonidan homiylik asosida 1000 ga yaqin о‘quv-metodik adabiyotlar taqdim qilingan.

Universitet qoshidagi akademik litseyda universitet kafedralari tomonidan fan oyliklari, ochiq darslar, tarbiyaviy soatlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, kо‘rik-tanlov, shuningdek, ta’lim-tarbiyaga doir turli tadbirlar hamkorlik asosida muntazam о‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, universitetning Fizika-matematika fakulteti professor-о‘qituvchilari tomonidan о‘quv jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini tadbiq etish, Chet tillar fakulteti tomonidan bitiruvchilarni pedagogika kasbiga yо‘naltirish, О‘zbek tili va adabiyoti fakulteti tomonidan litsey о‘quvchilarini о‘zbek tili va adabiyoti bо‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish, Tabiiyot fanlari fakulteti tomonidan biologiya, kimyo, ekologiya, agronomiya, geografiya yо‘nalishlari bо‘yicha oliy о‘quv yurtlariga tayyorlash va kasbga yо‘naltirish, Tarix fakulteti professor-о‘qituvchilari tomonidan litseyda bitiruvchi kurs о‘quvchilarini tarix fani, milliy g‘oya, huquqshunoslik asoslari hamda ma’naviyat asoslari fanlariga bо‘lgan qiziqishlarini oshirish borasidagi tadbirlar, seminar, konferensiya, davra suhbatlari о‘tkazib kelinmoqda.

17 oktyabr 2017 yil, 10,147
.


Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)