Foydali manbalar













OTM web-reytingi

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati” boshlang‘ich tashkilot yetakchilari o‘quv seminar-treningda ishtirok etishdi

2016-yil 13-may kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang‘ich tashkilot Kengashi a’zolari, fakultet yetakchilari hamda Harakat faollari ishtirokida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida seminar trening tashkil etildi.






Ushbu seminar trening oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan boshlang‘ich tashkilot faollarining o‘zaro hamkorlik munosabatlarini shakllantirish, ular o‘rtasida fikr almashinishini ta’minlash va tajriba almashish maqsadida tashkil etildi. O‘quv seminarida “Kamolot” YOIH Markaziy Kengashi qoshidagi “O‘quv uslubiy markaz” nodavlat ta’lim muassasasi direktori o‘rinbosari T.Xoliqov va ta’lim muassasasining tajribali trenerlari faol ishtirok etishdi.

Seminar davomida ommaviy tadbirlarni tashkillashtirish, yoshlarni boshqarishda turli psixologik usullardan foydalanish va Harakat tizimida hujjat yuritishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dars mashg‘ulotlari tashkil etildi. O‘quv seminar so‘ngida faol ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

20 may 2017 yil, 3,659
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering