|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


“Defektologiya fakultetining faoliyati”

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Defektologiya fakultetining prefessor – o‘qituvchilari Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi akademik litseyda 21.05.2016 sanasida “Defektologiya fakultetining faoliyati” mavzusida seminar o‘tkazdilar.

Defektologiya fakulteti “Korreksion pedagogika” kafedrasining mudiri, dotsent Sh.M.Amirsaidova, kafedra professor – o‘qituvchilaridan M.A.Xamraeva, S.M.Po‘latova, N.V.Sosedova , Sh.Taxtayarova ,S.Achilova, N.Raxmanovalar kafedraning ish faoliyati, kafedrada o‘qitiladigan fanlar, kafedrada faoliyat ko'rsatayotgan to'garaklar haqida taqdimot qildilar.

Defektologiya fakulteti “Maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasining mudiri, dotsent D.A.Nurkeldiyeva kafedraning ish faoliyati, kafedrada o‘qitiladigan fanlar, ilmiy ishlarning borishi to‘g‘risida taqdimot qildilar, kafedra professor – o‘qituvchilaridan P.Pulatova, N.Yu.Yusupova, Z.I.Islambekova, M.U.Hamidova, M.M.Arslanova, M.Pardayeva, I.Xamrayeva “Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash muammolari” mavzusida nazariy ma’ruza qildilar. Seminarda rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash muammolariga oid kafedrada olib borilayotgan ilmiy – tadqiqot ishlari va ularning mualliflari bilan litsey o‘quvchilarini tanishtirdilar. Seminarda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanildi.

Akademik litseyda o'tkazilgan tadbir davomida fakultet professor-o'qituvchilari ochiq mashg'ulotlarga kirdilar, universitetda tashkillashtiriladigan ilmiy-amaliy konferensiyalar to'g'risida ma’lumot berdilar.

Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi akademik litseyda o‘tkazilgan seminar mobaynida akademik litsey o‘quvchilari Defektologiya fakultetining bugungi kundagi faoliyati haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldilar.

30 may 2016 yil, O`qilgan:2230

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :
  • “Defektologiya fakultetining faoliyati”



  • Pedagogikadan savol

    «Didaktik evristika» - bu…

    Javob: Barcha javoblar tugri

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Đĺéňčíă ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar




        
2017-03-24 05:12:17