Foydali manbalar













OTM web-reytingi

“Kichik biznes mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining garovi”

“Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi tashabbusi bilan 2016-yil 20-may kuni “Sog’lom ona va bola” yiliga bag’ishlab “Kichik biznes mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining garovi” mavzusida talabalararo ilmiy –amaliy konferensiya bo’lib o’tdi. Konferensiyani universitet o’quv ishlari bo'yicha prorektori D.U.Ergashev ochib berdi va konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Konferensiyaning umumiy yalpi majlisida quyidagi

1. Tabiiy fanlar fakulteti 301-guruh talabasi Ismoilova Gulsunoyning “Tadbirkor yoshlar –milliy iqtisodiyotimiz istiqbolidir”

2. Chet tillar fakulteti 301-guruh talabasi Isroilova Zeboning “The Role of taxes in developing of small business and private entrepreneurship in Uzbekistan”

3. Kasbiy ta’lim fakulteti, 303-LD guruhi talabalari Ro’ziyeva Nasiba, Kupriyanova Anostasiyalarning “Роль малого предпринимательства в развитии экономики государства".

4. Pedagogika psixologiya fakulteti 301-MT guruhi talabasi Xursonaliyeva Dilsoraning “Maktabgacha yoshdagi bolalarni oilada barkamol shaxs qilib yetishtirishda iqtisodiy tarbiyaning ahamiyati”

5. Pedagogika psixologiya fakulteti 301 guruh talabasi Ermatova Shohidaning “Fermer xo’jaliklarida meva sabzavot yetishtirish tajribasi” mavzusidagi ma’ruzalar tinglandi.

Konferensiya qatnashchilari musiqa kafedrasi dotsenti D.Qodirov rahbarligidagi “Oltin meros” ansambli ishtirokchilarining yangroq soz va jozibali qo’shiqlaridan bahramand bo’lishdi.

Konferensiya yakunida faol ishtirokchilar hamda respublika miqyosida o’tkazilgan “Soliq bilimdonlari” tanlovi g’oliblari universitet rahbariyati tomonidan maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar.

30 may 2016 yil, 2,426
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering