XTQTXMOM | Ilmiy kutubxona | eDarslik | Masofaviy ta`lim | Pedagog | Ota-onalarga | Kirish          

“FANDAGI TRANSFORMATSIYA larda KREATIVLIK”

2016 yil 7 iyun kuni TDPU “Falsafa” kafedrasi “Yosh faylasuf”to‘garagi hamda O‘zbekiston Milliy universiteti Falsafa Ilmiy markazi bilan hamkorlikda “FANDAGI TRANSFORMATSIYaLARDA KREATIVLIK” mavzusida trening tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Milliy universiteti Falsafa ilmiy markazi ilmiy xodimlari G.Jalolova, G.G‘affarova hamda TDPU “Falsafa” kafedrasi o‘qituvchilari Sh.Xalmetova,M.Tillavoldieva,M.Mamajonova, N.Tangirovlar ishtirok etishdi. Tadbirni TDPU “Falsafa” kafedrasi o‘qituvchisi N.Tangirov o‘z kirish so‘zi bilan ochdi. Tadbirda O‘zMU Falsafa ilmiy markazi Katta ilmiy xodim G.Jalolova “Ijod, kreativlik va san’at ” mavzusida keng qamrovli ma’ruza qildi. Ma’ruza trening tarzida tashkil etilib, unda har bir talaba faol ishtirok etdi. Tadbirda shuningdek hozirgi davrda kreativlikni shaklantirishning ahamiyati dolzarbligi, mamlakatimiz Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ham belgilanganligi ta’kidlandi. Tadbirda O‘zMU Falsafa ilmiy markazi Katta ilmiy xodimi G.G‘affarova va “Yosh faylasuf” to‘garagi rahbari Sh.Xalmetovalar ham o‘z nuqtai nazarlarini bildirib o‘tishdi. Tadbir iqtidorli talabalarni intellektual salohiyatini va dunyoqarashini oshirishga bevosita hissa qo‘shdi.

11 iyun 2016 yil, 4,181
.


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering