Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Yoshlarga oid yangi qonun mohiyati talabalarga tushuntirildi.

Nizomiy nomidagi TDPU talabalariga mamlakatimiz va jahon iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohalarida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalardan xabardor bo‘lish, ularning moxiyatini anglashda xaftaning seshanba kunlari barcha akademik guruhlarda tashkil etiladigan “Axborot soatlari”ning o‘rni beqiyos.




20-sentyabr kuni Chet tillari fakultetida universitet “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda talabalarning xuquqiy savodhonligini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xaqida xabardorligini oshirish hamda huquqiy bilim va madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Axborot soatlari”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2016 yil 14 sentyabrda tasdiqlangan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni mohiyati talabalarga yetkazildi.

“Axborot soatlari” davra suhbati tarzida tashkil etilib, unda “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi Ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bo‘limi vakili Abdulaziz Mo‘minov mehmon sifatida tashrif buyurdi. Yangi qabul qilingan qonun, yoshlarga oid davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlari, uning yoshlar hayotidagi ahamiyati va “Kamolot” YoIH tomonidan yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Davra suhbati qiziqarli va interfaol tarzda tashkil etilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

21 sentabr 2017 yil, 3,631
.

O`xshash maqolalar












Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (6)