Ссылки













Веб-рейтинг вузов

"Dekan qabul kuni" doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Chet tillar fakulteti dekani O.N.Yusupov 10-sonli talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan fakultet talabalari bilan "Dekan qabul kuni" doirasida uchrashuv o'tkazdi.






Chet tillar fakulteti dekani O.N.Yusupov joriy yilning 22 sentyabr kuni "Dekan qabul kuni" doirasida 10-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi va fakultet talabalari bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda fakultetning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini O'.N.Muradov hamda fakultet xotin-qizlar qo'mitasi raisi G.S.Kinjaevalar ham ishtirok etishdi. To'rtinchi qavatning "Ma'naviyat va ma'rifat" xonasida tashkil qilingan ushbu davra suhbatida fakultet dekani talaba-yoshlarni universitet ichki-tartib va odob-axloq qoidalari, kiyinish va muomala madaniyati, mobil telefonlardan foydalanish tartibi bilan tanishtirdi. Talabalarga o'zlari yashab turgan TTJda yashash xonalari, umumiy foydalanish xonalari hamda bino hududini toza-ozoda saqlashlari kerakligini uqtirildi. Shuningdek, talabalar dars mashg'ulotlariga o'z vaqtida ishtirok etishlari hamda fanlardan yaxshi o'zlashtirish ko'rsatkichlariga ega bo'lishlari to'g'riisda so'z yuritildi. Ular o'z bilimlari ustida ko'proq ishlab, eng yaxshi maqola, eng yaxshi insholar tanlovini tashkil qilishlari to'g'risida ham alohida ta'kidlab o'tildi. Tashkil qilingan davra suhbati nihoyatda qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda o'tdi.

24 сентября 2017 года, 2,999
Yuldasheva D.


Наши проекты



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)