|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


Ta`til taassurotlari

“Kelajak Ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi tomonidan joriy yilning 1-15 iyul kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi “Lochin” oromgohida “Kelajak Ovozi-2013” yozgi-o’quv oromgohi tashkil etildi.

Ta`til taassurotlari

“Kelajak Ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi tomonidan joriy yilning 1-15 iyul kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi “Lochin” oromgohida “Kelajak Ovozi-2013” yozgi-o’quv oromgohi tashkil etildi.

Tashabbuskor va intiluvchan yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan mazkur yozgi-o’quv oromgohiga respublikamizning turli hududlaridan 600 nafardan ziyod yoshlar jalb etildi.

Men Fizika-matematika fakulteti 4-kurs talabasi Farrux Abdullayev mazkur oromgohda bo’lishga muyassar bo’ldim. Buning uchun men anketa topshirdim va suhbatdan ham muvaffaqiyatli o’tib oromgoh qatnashchisiga aylandim.

Ikki hafta davomida ishtirokchilar "Dilemma" bahs-munozara klubi, madaniyat va san`at, biznes va tadbirkorlik, Internet, bosma va TV jurnalistika, jamoatchilik bilan ishlash,horijiy tillar,informatsion tehnologiyalar, jami 13 ta yo’nalishlar bo’yicha qiziqarli dasrlarda qatnashishdi.

Bu yil oromgoh “Ijtimoiy loyihalar tuzish” shiori ostida faoliyat yuritdi.Shu sababli kunning ikkinchi yarmida har bir yo’nalishga tajribali va yuqori malakali mutaxassislar ijtimoiy loyihalar,ularni tuzish va taqdim etish bo’yicha bilimlar berib borishdi.Bu orqali yoshlarimiz o’zlarida mavjud bo’lgan va jamiyatimiz hayotida yanayam qulayliklarni yaratishda xizmat qiluvchi g’oyalarini loyiha shakliga keltirish va ularni hayotga tadbiq etish uchun taklif qilishga o’rgandilar. Har kuni turli hil mavzularda ijtimoiy loyihalar taqdimoti bo’lib o’tdi. Men ham bunda o’zimning Internet jurnalistikasini rivojlantirishga qaritilgan loyiham bilan ishtirok etdim. Loyihamdan kutiladigan natija jamiyatimizda internet jurnalistikasi va internet maqolalariga bo’lgan qiziqishni kuchaytirish va bu orqali sohani yanada rivojlantirish hisoblanadi. Iqtidorli yoshlar tomonidan ikki hafta mobaynida yaratilgan 120 dan ortiq ijtimoiy loyihalardan 6 tasi ekspert komissiyasi tomonidan eng yaxshi loyihalar sifatida ajratib olindi. Mazkur loyihalarning har biriga uni amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini qo’llab- quvvatlash jamoat fondi tomonidan har biriga 15 mln so’mdan grand mablag’lari taqdim etildi.

Shuningdek, oromgohda ko’plab ko’ngilochar madaniy tadbirlar , turli hil sport musobaqalari va madaniyat va san`at namoyondalari bilan uchrashuvlar o’tkazildi.

Farrux Abdullayev

TDPU Fizika-matematika fakulteti talabasi

"Kelajak Ovozi" YOTM aktivisti va oromgoh qatnashchisi

19 sentabr 2013 yil, O`qilgan:22880

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :
  • Ta`til taassurotlari



  • Pedagogikadan savol

    Katexizik suhbat maqsadi:

    Javob: V va S javoblari to`g`ri.

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar