Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Kiyinish ham odob, ham axloq.

Nizomiy nomidagi TDPU Chet tillar fakultetining 1-2 bosqich talabalari bilan “Kiyinish ham odob, ham axloq” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.






Chet tillar fakultetida 2016 yil 26-sentyabr kuni fakultet dekani O.N.Yusupov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini O‘.N.Muradov, fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.S.Kinjaeva va guruh murabbiylari hamkorligida 101-201 guruh talabalari bilan “Kiyinish ham odob ham axloq” mavzusida qiziqarli davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tashkil etilgan tadbirda fakultet dekani talaba-yoshlarga kiyinish madaniyati, muomala odobi, o‘ziga va o‘zgalarga hurmat kabi insoniy xislatlar to‘g‘risida fikr yuritdi. O‘z navbatida talabalarning fikr va takliflari ham tinglandi. Tashkil etilgan ushbu davra suhbati qiziqarli hamda hayotiy bahs-munozaraga va bir qancha savol-javoblarga sabab bo‘ldi. Tadbirga jalb etilgan talaba-yoshlar o‘zlarining fikr va dunyoqarashlarini anchagina teranlashtirib oldi. Davra suhbati barchaga katta ta’ssurot qoldirdi.

30 sentabr 2017 yil, 4,347
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering