Chet tillar fakultetida 2016 yil 28-sentyabr kuni “1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlab “Ustozlarni qadrlaymiz” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirni fakultet dekani O.N.Yusupov ochib berdi. Shundan so‘ng so‘z navbati professor J.Jalolovga berildi. J.Jalolov professor-o‘qituvchilarni va talaba-yoshlarni bayram bilan muborakbod etdi. Ushbu tabriklardan so‘ng talabalar barcha ustoz-murabbiylarni ajoyib xushbuy guldastalar bilan tabrikladilar. Iliq tabriklardan so‘ng navbat badiiy qismga berildi. Talabalar tomonidan ustozlarni va ilm dargohini madh etuvchi she’r, qo‘shiq va jozibador raqslar barchani xushnud etdi. Tadbirga tashrif buyurgan barcha professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarga tashkil etilgan bayram tadbiri ma’qulu-manzur bo‘ldi.