library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

7 oktyabr 2016 yil, 1,715
.

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Chet tillar fakultetining 10-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan navbatdagi dekan uchrashuvi o‘tkazildi.

Chet tillar fakultetining 10-sonli talabalar turar joyida 2016 yil 6-oktyabr kuni fakultet dekani O.N.Yusupovning navbatdagi qabul kuni tashkil etildi. Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi barcha chet tili yo‘nalishida tahsil oluvchi talaba-yoshlar 4-qavatdagi ma’naviyat va ma’rifat xonasida to‘plandilar.

Tashkil etilgan davra suhbatida fakultet dekani O.N.Yusupov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini O‘.N.Murodov, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.S.Kinjaevalar talabalar bilan “Globallashuv jarayonida axborot oqimi , yoshlarni zararli ta’sirlardan himoya qilishda mafkuraviy immunitetni shakllantirish” mavzusida suhbatlashdilar. Ushbu davra suhbatida talabalar “Ommaviy madaniyat” nima?, Mafkuraviy xurujlar , ijtimoiy illatlar haqida tayyorlangan taqdimotlar orqali keng qamrovli bilimlarga ega bo‘ldilar. O‘z navbatida talabalar ham ushbu mavzu bo‘yicha o‘zlarining fikrlarini bayon qildilar va o‘z tengdoshlariga bunday yaramas illatlarni hech qachon o‘zlariga singdirmasliklari kerakligi haqida ham o‘rtoqlashdilar. Tashkil etilgan davra suhbati hayotiyligi va dolzarbligi bilan barchaga ma’qul bo‘ldi.

Fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.S.Kinjaeva

7 oktyabr 2016 yil, O`qilgan:1715



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar