|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


10-sonli talabalar turar joyida chet tillar fakulteti dekanining talabalar bilan navbatdagi uchrashuvi otkazildi

Nizomiy nomidagi TDPU Chet tillar fakulteti dekani O.N.Yusupov 2016 yil 10-oktyabr kuni 10-sonli talabalar turar joyida fakultet talabalari bilan navbatdagi uchrashuvini otkazdi.

Talabalar turar joyida yashovchi barcha fakultet talabalari 4-qavatdagi Manaviyat va marifat xonasida toplandilar. Unda buyuk davlat arbobi, ulug siyosatchi va komil inson sifatida xalqimiz orasida va butun dunyoda alohida hurmat qozongan Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bagishlab suhbat otkazildi. Shuningdek, talabalarga My First President mavzusida insholar yozib Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan respublika miqyosidagi insholar tanlovida ishtirok etish lozimligi togrisida tushuntirish ishlari olib borildi. Maqola yozish boyicha talabalarga tegishli tavsiya va maslahatlar berildi. Maqola yozish jarayonida yuzaga keladigan savollar boyicha fakultet dekani va tajribali professor-oqituvchilarga murojaat qilish mumkinligi haqida korsatmalar berildi.

Shuningdek, tadbirga universitet rektori Sh.S.Sharipov, manaviy-marifiy ishlar boyicha prorektor O.A.Qoysinov, moliyaviy-iqtisodiy ishlar boyicha prorektor A.A.Mominovlar tashrif buyurishdi. Universitet rahbarlarining talabalar bilan uchrashuvi doirasida suhbat otkazildi. Unda talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud jihozlarni asrab-avaylash, talabalarning universitet ichki-tartib qoidalariga rioya qilishlari hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari togrisida soz yuritildi. Talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash boyicha taklif va mulohazalari tinglandi hamda universitet rektori tomonidan mutasaddi xodimlarga tegishli vazifalar berildi. Otkazilgan tadbir va rahbariyat bilan uchrashuv yuqori saviyada otdi.

17 oktyabr 2016 yil, O`qilgan:971

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    O`z-o`zini tarbiyalash metod va usullariga quyidagilar kiradi:...

    Javob: O`z-o`zini boshqarish, talaba shaxsini tushunish, o`z- o`zini nazorat qilish, o`z faoliyatiga o`zi baho berishi, muomalada o`zini ko`rsata olish, o`z nutqini to`g`ri tuza olish va boshqalar

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar









Bizning loyihalar