|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


Matbuotga bo’lgan ishonchni yo’qotmaylik

Universitertimizda 11 oktyabr kuni “Mas`uliyatsizlik yoki nimani targ’ib qilayapmiz” nomli ko’rsatuv ijodkorlari hamda uni suratga olishda ishtirok etgan ekspert guruhi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Matbuot va ommaviy axborot vositalari bugungi globallashuv davrida jamiyatimizda amalga oshirilayotgan chuqur ijtimoiy-siyosiy islohotlar, zamon talablariga javob beradigan demokratik yangilanishlarning ko’zgusiga, xalqimizni, keng ommani yangicha fikrlashga, ma`naviy yuksaklikka, ongu tafakkurimizni o’zgartirishga da`vat etadigan qudratli kuchga, bir so’z bilan aytganda, doimiy hamrohimizga aylanib borayotgani ayni haqiqat. “To’rtinchi hokimiyat” sifatida e`tirof etilib, xalqimizning tobora katta ishonch va hurmatiga sazovor bo’lib borayotgan matbuotning kundalik hayotimizdagi o’rni va ta`sirining ortib borishida zamonaviy axborot – kommunikatsiya tarmoqlarida faoliyat yurituvchi ming-minglab zahmatkash ishchi-xizmatchilarning kundalik og’ir va sermashaqqat mehnati mujassam. Lekin ommaviy axborot vositalari tahririyatlaridagi ayrim mas`uliyatsiz, nomutaxassis jurnalistlar tomonidan tayyorlanib chop etilayotgan ba`zi materiallar xalqimiz o’rtasida matbuotga nisbatan salbiy munosabatni uyg’otmasligiga kim kafolat beradi.

“O’zbekiston” teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” kanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan “Mas`uliyatsizlik yoki nimani targ’ib qilayapmiz” nomli ko’rsatuv ham aynan ana shu haqda hikoya qiladi.

Ko’rsatuvda “Sariq matbuot” nomini olgan nodavlat gazeta-jurnallarda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar, savodsizlik, fikr sayozligi, mantiqsizlik, mintalitetimiz, milliy qadriyatlarimizga to’g’ri kelmaydigan maqola va boshqa materialarning chop etilishi, tilga xiyonat qilish, O’zbekiston Respublikasining til to’g’risidagi qonuni me`yorlariga, ilmiy qoidalarga rioya qilmaslik, elga hurmatsizlik qilib, axloqsizlikka yo’l qo’yilayotganligi ochiq-oydin, aniq dalillar bilan namoyish etilgan.

Mo’may pul ishlash, aholi o’rtasida shov-shuvga sabab bo’lib, qisqa muddatda elga tanilishni maqsad qilib olgan, Vatan, xalq, millat oldidagi burch va mas`uliyatini unutgan bu kabi tahririyat xodimlari o’zlarining “ommaviy, ma`naviy-ma`rifiy nashr”lari orqali xalqni tubanlikka Yetaklayotganlarini nahotki tushunmaydilar?

Jurnalistlar oldida O’zbekiston ommaviy axborot vositalarini jahon axborot maydonida munosib namoyon eta olishdek katta vazifa turgan bir paytda “Mas`uliyatsizlik yoki nimani targ’ib qilayapmiz” nomli ko’rsatuvga hech bir yuksak ma`naviyatli kishi befarq qarolmaydi. Universitetimizning akademik guruhlarida ushbu ko’rsatuvni qayta namoyish etishdan maqsad ham “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurash, milliy o’zlikni anglash, ming yillik ma`naviy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, tafakkurni shakllantirish, mudroq qalblarni uyg’otishdir.

Talabalarning inson hayoti va shaxsiyatiga kuchli ta`sir etuvchi matbuotga nisbatan munosabati, ko’rsatuv haqidagi fikrlari olib borilayotgan ma`naviy-ma`rifiy ishlar samarali, yoshlarimizning fikri teran, ma`naviyati sog’lom qilib tarbiyalanishiga xizmat qilayotganidan dalolat beradi. Ularning fikrlari, taklif hamda istaklari asosida 11 oktyabr kuni ko’rsatuv ijodkorlari hamda uni suratga olishda ishtirok etgan ekspert guruhi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

- Matbuot – jamiyat ko’zgusi, jamiyat a`zolari undan o’rnak oladi,- deydi ko’rsatuvning bosh muharriri, g’oya muallifi Davlatmurod Mo’minov. –Matbuotda e`lon qilingan narsa to’g’ri deb qaraydigan muxlislarning ishonchini yo’qotmasligimiz, oldi-qochdi, to’g’ri-noto’g’ri xabarlar bilan ularni chalg’itmasligimiz, buzg’unchi g’oyalarni targ’ib qilib kishilar ma`naviyatini buzmasligimiz kerak.

-“Sariq matbuot” (nodavlat, notijorat)aslida ko’ngilochar, gazetxonni charchatmaydigan, bir oz bo’lsa-da, dam olishiga xizmat qiladigan nashr hisoblanadi,- deydi o’zining hatti-harakati, ma`noli ko’z qarashlari bilan tomoshabinlarni ogohlikka chaqirayotgani sezilib turuvchi ko’rsatuv boshlovchisi, jurnalist Jamshid Umrzoqov. – Ularning ham o’rnak olarli tomonlaridan ko’z yumib bo’lmaydi. Tezkorligi, jur`atliligi bilan mualliflar e`tiborini tortuvchi nodavlat-notijorat gazeta-jurnallarimiz ham mavjud. Tanlash imkoniyati har kimning dunyoqarashi, ma`naviy pokligi bilan bog’liq.

So’zga chiqqan filologlar Zuhriddin Isomiddinov, Olloyor Bobonov, Fayzulla hoji Nabiyev, psixolog Feruza Alimovalar ham ommaviy madaniyatga qarshi kurash, qadriyatlarimizning buzilishiga, odob-axloq chegaralarining kengayib ketishiga yo’l qo’ymaslik, buzg’unchi g’oyalarni targ’ib qiluvchilarga qarshi jur`at bilan kurasha olish har birimizning burchimiz ekanini ta`kidladilar.

Talabalar, Malaka oshirish va qayta tayyorlash kursi tinglovchilari ham so’zga chiqishib, ko’rsatuv haqidagi fikr mulohazalarini bayon etish bilan birga taklif va mulohazalarini bildirishdi.

- Juda katta va savobli ishga qo’l urilganligini ko’rib xursand bo’ldik,- deydi O’MKXT o’qituvchilarini pedagogik qayta tayyorlash kursi tinglovchisi Lola Toirova. - Bugungi kunda kishiga hech bir ma`naviy ozuqa bermaydigan filmlarimiz, qo’shiq hamda kliplarimiz ham ko’payib ketgan. Tanqid qilganimiz bilan bular panjara qo’yib bo’lmaydigan ishlar bo’lishi mumkin. Hech bo’lmaganda quyushqondan chiqib ketishiga yo’l qo’yilmasligiga erisharmiz.

Ijodkorlar bilan ochiq-oshkora muloqot uzoq davom etdi. Kimdir ommaviy axborot vositalarining bugungi kundagi faoliyati haqidagi fikr-mulohazalarini aynan soha mutaxassislari oldida bayon eta olishga erishgan bo’lsa, yana kimdir matbuotning qudratli kuchga ega ekanligi haqida tasavvurlarini kengaytirdi. Mualliflar ijod mahsullariga bo’lgan e`tibordan ruhlanib, oz bo’lsa-da maqsadga erishishganidan mamnun edi. Bu kabi tadbirlar, manaviy sog’lom yoshlarni tarbiyalashga xizmat qiladi, degan umiddamiz.

Nargiza RASULMUHAMEDOVA

14 oktyabr 2013 yil, O`qilgan:8634

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :
  • Matbuotga bo’lgan ishonchni yo’qotmaylik



  • Pedagogikadan savol

    Pedagogik jarayonning sub`ektlari.

    Javob: O`qituvchilar, tarbiyachilar, pedagogik kollektiv

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar