library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

O’ZBEK MAROSIM QO’SHIQLARI

18 oktyabr 2016 yil, 1,572

“Musiqiy ta’lim” kafedrasi mudiri, san’atshunoslik fanlari nomzodi Q.Panjiyev 2016 yil 8 oktyabr kuni “O’zbek xalq musiqa ijodi” fanidan “O’zbek marosim musiqasi” mavzusida MT-201-guruxida, tasdiqlangan reja asosida 2-26 xonada ochiq dars o’tkazdi.

Mazkur ochiq darsni kuzatish uchun ekspert sifatida O’zbekiston davlat madaniyat va san'at instituti “Musiqiy nazariy fanlar” kafedrasi mudiri G’.Xudoyev, universitet “Musiqiy ta’lim” kafedrasi professor-o’qituvchilari, “Umumiy pedagogika” kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori F.Xalilov va boshqalar ishtirok etdilar.

Talabalar “O’zbek marosim musiqasi” mavzusi bo’yicha o’zbek milliy urf-odatlarimiz va an’analarimizning asosiy negizi hisoblangan, ularda marosimlarimizning o’lmas qo’shiqlarini o’rganish, targ’ib qilish, shulr bilan bir qatorda ertangi kunimizda bo’lajak o’qituvchi sifatida umumta’lim mktabi o’quvchilariga o’rgatish bo’yicha tavsiyalar berib borildi. Marosim qo’shiqlarimizning qanchalik ma’nan boyligi, mukammalligining keng ko’lamda o’rganilishi yosh avlodga vatanga bo’lgan sadoqatlarini yuksaltirishga xizmat qiladi. Marosim qo’shiqlarining kelib chiqishi tarixi hususida san’atshunoslik fanlari nomzodi Q.Panjiyev ilmiy ma’lumotlar asosidagi ma’ruzasi bilan talabalarning keng ko’lamda qiziqishlarini orttirishga harakat qildi. Sir emaski milliy ma’naviyatimizning yoshlar ongida yuksaltirishga erishish bugungi kunning dolzarb masalalaridan bittasi bo’lib qolmoqda. Bugun dunyoda shiddat bilan kirib kelayotgan ommaviy madaniyatdan yoshlarimizni himoya qilishda, ularni ko’r-ko’rona ergashib ketishlarini oldini olishda albatta milliy ma’naviyatimiz hisoblangan kuy-qo’shiqlarimizni chuqurroq o’qitish, shular asosida qurollantirish eng yaxshi imkoniyatdir. Darhaqiqat ommaviy madaniyat musiqa orqali ko’proq targ’ib bo’lib kelmoqda, shunday ekan san’atshunos olimlar, soha vakillari oldida turgan eng muxim vazifalardan bittasidir. O’tkazilgan ochiq darsda ana shu jihatlar keng yoritilib o’tildi.

Ochiq dars barcha me’yoriy hujjatlargi tayanilgan holda, taqdimot shaklida takshil etilgan bo’lsada, biroq, dars jarayonida talabalarning qiziqishlari, fikr-mulohazalari ham tinglandi. Ekspertlar va ishtirokchilar “Ochiq dars” yuqori saviyada tashkil etilganligin ta’kidlab, yuqori baholadilar.

18 oktyabr 2016 yil, O`qilgan :1572



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar