library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

“Sahna sirlari munaqqid nigohida” nomli kitobning taqdimoti bo’lib o’tdi

18 oktyabr 2016 yil, 1,993
.

“Musiqiy ta’lim” kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalari 2016 yil 8 oktyabr kuni san’atshunos Axmatjon Rahimovning 2016 yilda “Turon zamin ziyo” nashriyotida chop etilgan “Saxna sirlari munaqqid nigohida” nomli kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi. Mazkur kitob taqdimotida “Musiqiy ta’lim” kafedrasining professor–o’qituvchilari Q.Panjiev I.Ro’ziev, U.Gulliev, L.Sultonava, magistrantlar O.Soipov, O.Omonturdiev, “Musiqa ta’limi” yo’nalishi talabalari va boshqalar ishtirok etdilar.

“Saxna sirlari munaqqid nigohida” nomli kitobda Axmatjon Rahimov tomonidan musiqa, kino, teatr, balet, xoreografiya, tasviriy san’at kabi sohalarda olib borgan izlanishlari natijasida 1980-1990 va Mustaqillik yillarida Respublikamizning turli ilmiy nashrlarida e’lon qilingan maqolalari, taqrizlari, ijodiy portretga chizgilari, suhbatlar hamda ilmiy-tanqidiy mulohazalari o’rin olgan. Taqdimotni san’atshunoslik fanlari nomzodi “Musiqiy ta’lim” kafedrasi mudiri Q.Panjiev olib borib, san’atshunos A.Raximov tomonidan chop etilgan “Sahna sirlari munaqqid nigohida” nomli kitobning yuqorida ta’kidlab o’tilgan jihatlariga keng to’xtalib o’tdi.

Ma’lumki, bugungi kunda san’atning bir sohasi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar juda ko’p ammo san’at barcha yo’nalishlarida birday ilmiy izlanishlar olimborayotgan olimlar sanoqli. Axmatjon Rahimov ana shunday jonkuyar san’atshunoslardan bittasi deb haqli ravishda ayta olamiz.

SHundan so’ng mazkur kitob xususida “Musiqa ta’limi” yo’nalishi talabalari Dilrabo Isroilova “A.Raximovning o’zbek estrada ijrochiligi xususida yozgan ilmiy maqolalar taxlili” xususida, Suyunboeva Odina – “A.Raximovning sahna sirlari munaqqid nigohida kitobi xususida”, Tursunboeva Diyora “Tniqli san’atshunos A.Raximovning sahna sirlari munaqqid nigohida kitobida balet va teatr xususidagi ilmiy qarashlari haqida”, Jo’raqulova Nilufar “A.Raximovning musiqa san’ati sohasidagi ilmiy izlanishlari” xususida o’zlarining ma’ruzalari bilan chiqishlar qildilar.

Talabalarning sermazmun ma’ruzalari bilan chiqishlarini, shuningdek, faol ishtiroki va qiziqishlarini inobatga olib muallif Axmadjon Rahimov “Sahna sirlari munaqqid nigohida” nomli kitobini sovg’a sifatida talabalarga taqdim etdi.

18 oktyabr 2016 yil, O`qilgan :1993



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar