Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Til xaftaligi

Nizomiy nomidagi TDPU Kasb ta’limi fakultetida 21 oktyabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan 17 oktyabrdan
21 oktyabrgacha “Til xaftaligi” chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqildi. Hamda fakultet dekani tomonidan tasdiqlandi.






Shu munosabat bilan fakultet o‘quv binosi hamda talabalar turar joyida biriktirilgan hududda tozalash, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirildi. Til haftaligiga bag‘ishlangan mavzuga oid stendlar tayyorlandi. “Ona tilim – jonu dilim” mavzusidagi ko‘rgazma tashkillashtirildi. Ko‘rgazmada Dizayn 101-guruh qizlari Axmadova Ozoda, Akromova Diyora, Sunnatova Muslima, Boymuxammedova Diyora, Abduqayumova Go‘zallar o‘z ijodiy ishlari bilan faol ishtirok etishdi. Ko‘rgazma so‘ngida ushbu qizlar universitet talabalar kasaba uyushmasi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandilar. Ko‘rgazmadan so‘ng “Ona tilim – jonu dilim” mavzusidagi tadbir o‘tkazildi. Tadbirga O‘zbekiston matbuoti ilmiy jurnal ma’sul kotibi Abduraxmon Jo‘raev tashrif buyurdi. Mexmon o‘z she’ri kitoblari, ilmiy jurnallari bilan talabalarda qiziqish uyg‘otdi. Hamda xozirgi kundagi reklama va e’lonlardagi ayrim kamchiliklar, xatolarga o‘z e’tirozini xulosalarini bildirdi. Talabalar turar joyida ham Til haftaligi doirasida davra suxbati tashkillashtirildi. “Til haftaligi” doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda talabalar va professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlandi.

24 oktyabr 2017 yil, 2,881
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering