|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


“Ustoz va murabbiylar kuni”

Nizomiy nomidagi TDPU “Kasb ta’limi” fakultetida 1 Oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan amalga oshirilgan tadbirlar

“Kasb ta’limi” fakultetida 1 Oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni” belgilangan reja asosida 2016 yil 28 Sentyabr kuni quyidagi ishlar amalga oshirildi.

1. “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan amalga oshiradigan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqib tasdiqlandi. Hamda universitet ma’naviyat bo‘limiga topshirildi.

2.Fakultet o‘quv binosidagi, biriktirilgan hududda tozalash, obodonlashtirish ishlari belgilangan ma’sullar tomonidan amalga oshirildi.

3.“Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan stendlar tayyorlandi.

4. Barcha akademik guruhlarda “Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan ma’naviyat soatlari va ma’naviyat kuni tarbiyaviy tadbirlar tashkil qilindi.

5. Talabalar turar joyida osh dasturxoni tashkillashtirildi.

6. Ma’naviyat kunlari doirasida shahrimizning diqqatga sazovor joylarini borildi. Jumladan barcha 1-kurs talabalari Olimpia shon shuxrati muzeyga yuborildi.

7. “Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tantanalarda talabalar va professor-o‘qituvchilarning faol ishtiroki ta’minlandi. Fakul’tetda samarali faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlab, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi. Osh dasturxoniga taklif qilindi.

8. Faxriy ustozlardan fakultetda bo‘lib o‘tgan tadbirga quyidagi Abdukarim Usmonov, Nig‘mat Asomiddinov, Sobir Yaxyoev, Narimon Sultonov, Fayzulla Qodirxo‘jaev, G‘offur Abduraxmonov, Baxrom Tojiev, Ozoda Umrzoqova, Feruza Jabborova, Lyudmila Kuzina, Ikrom Raxmonov, Temur Rixsiboev, Maxsuda Ismoilova, G‘ayrat Abduqodirovlar ishtiroki ta’minlandi. Ular bilan fakultet anjumanlar zalida talabalar va xozirgi kundagi yosh o‘qituvchilar bilan uchrashuv tashkillashtirildi. So‘ngra ularni fakultet jamoasi tomonidan tashkillashtirilgan osh dasturxoniga taklif qilindi.

9. Fakultet tadbiriga kela olmagan faxriy ustozlarni holidan xabar olindi. Jumladan Kasb ta’limi metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari S.Boltaboev, S.Axmadaliev, N.Tursunboevlar tomonidan fakultetda uzoq yillar faoliyat ko‘rsatib xozirda nafaqada bo‘lgan Xikmatilla Rixsitillaevni uyiga esdalik sovg‘alar bilan borib xolidan xabar olishdi.

24 oktyabr 2016 yil, O`qilgan:1083

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    Berilgan tushunchalarni shakllantirish ketma-ketligi qaysi javobda to`g`ri ifodalangan?

    Javob: Tushuncha-bilim-ko`nikma-malaka

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Đĺéňčíă ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar