Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Ichki ishlar xodimari bilan davra suhbati

Nizomiy nomidagi TDPU Kasb ta’limi fakulteti tomonidan 5-Talabalar turar joyida profilaktika ishlari muntazam olib boriladi. Masalan 2016 yil 24 oktyabr kuni Kasb ta’limi fakultetiga qarashli talabalar bilan O‘zbekiston Respublikasi IIV Toshkent shahar IIBB Yakkasaroy tuman IIB “Rakat” mahallasi 465-sonli markaziy militsiya tayanch punkti profilaktika inspektori mayor Xolmirzaev Ilxom Omonovich bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.






Davra suxbati talabalarning qiziqishiga ko‘ra ikki mavzuda bo‘lib o‘tdi. Birinchisi turli viloyatlardan kelib taqsil olayotgan talabalar qanday xolatda vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish mumkinligi xaqida ikkinchisi yo‘l xarakati xavfsizligi qoidalariga qanday rioya etamiz. Mavzusida qiziqarli baxs munozara va savol javoblar tarzida o‘tdi. profilaktika inspektori mayor Xolmirzaev Ilxom Omonovich talabalarni o‘z qiziqtirgan savollariga to‘liq asosli ravishda aniq javoblarni berdi. Turli viloyatlardan kelib taqsil olayotgan talabalar qanday xolatda vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish mumkinligi xaqida kerakli ma’lumotlarni va Toshkent shaxriga biron bir viloyatdan kelgandan so‘ng birinchi navbatda qaysi davlat idoralariga va kimga murojat qilish kerakligini tushuntirib o‘tdi. Yana bir talabalarni qiziqtirgan savoliga yo‘l xarakati qoidalari xaqida aytib ayniqsa katta yo‘l ko‘chalardagi mashinalarni uzluksiz xaraktlariga extiyot bo‘lishni va ko‘chani kesib o‘tishda faqatgina piyodalar o‘tish yo‘lagidan svetofor chiroqlariga e’tiborli bo‘lgan xolatda o‘tish kerakligi va shundagina xar xil ko‘ngilsiz xodisalar oldi olinishini yo‘l xarakati qoidalari bilan tushuntirib berdi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlari

bo‘yicha dekan muovini: R.Jabborov

26 oktyabr 2017 yil, 2,573
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering