library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

25 oktyabr 2013 yil, 14,719
.

Faoliyat samarasini ta`minlaydi

Universitet ARMida mavjud 300 ming nusxadan ortiq darsliklar, 450 mingga yaqin o’quv qo’llanmalar, 110 mingdan ortiq ilmiy, jumladan, 3,5 mingga yaqin chet el adabiyoti namunalarini elektron raqamli shaklga o’tkazish, filiallarni Elektron kutubxona tarmog’iga ulash ishlari olib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 5 sentyabrdagi “Koreya Respublikasi Hukumatining grantini jalb etgan holda “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik institutida elektron kutubxona tashkil etish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1815-sonli qarori asosida universitetimizda qurilib ishga tushirilgan zamonaviy yangi Elektron kutubxona professor-o’qituvchilar hamda talabalarga keng imkoniyatlar eshigini ochdi, deyish mumkin.

Zamonaviy kutubxonada mavjud elektron resurslarni o’z ichiga olgan ma`lumotlarni ichki va uzoq masofadan turib foydalanishda tezkor izlash imkoniyatini ta`minlovchi avtomatlashtirish tizimi joriy etildi; Shuningdek,

- ma`lumotlarni izlash va olish uchun vizual va virtual axborot taqdim etgan holda interfaol axborot vositalari, faol panellar va monitorlar orqali kutubxonadan foydalanuvchilarni xabardor qilishning zamonaviy tizimi o’rnatildi;

- internet orqali Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona va boshqa jumladan, horijiy axborot-kutubxona muassasalarining elektron resurs bazasi tarmog’iga ulanish imkoniyati yaratildi;

- 100 dan ortiq kompyuter jamlanmasi, 2 ta tezkor skaner, 10 dan ortiq lazer printeri hamda nusxa ko’paytirish va muqovalash apparatlari bilan ta`minlandi;

- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida elektron kutubxonaning samarali faoliyatini ta`minlash maqsadida koreyalik mutaxassislarni jalb qilgan holda kutubxona xodimlarining malakasini oshirish tashkil etildi.

Bugungi kunda universitet ARMida mavjud 300 ming nusxadan ortiq darsliklar, 450 mingga yaqin o’quv qo’llanmalar, 110 mingdan ortiq ilmiy, jumladan, 3,5 mingga yaqin chet el adabiyoti namunalarini elektron raqamli shaklga o’tkazish, ARMning fakultetlarda mavjud filiallarini Elektron kutubxona tarmog’iga ulash ishlari olib borilmoqda.

Buning barchasi foydalanuvchilarga milliy va xorijiy axborot-kutubxona fondlaridan keng foydalanish imkonini beradigan, zamonaviy, xalqaro standartlarga to’la javob beradigan axborot resurs markazi sifatida samarali faoliyatni ta`minlashga qaratilgan.

Nuriddin DOSANOV, universitet

axborot resurs markazi direktori

25 oktyabr 2013 yil, O`qilgan:14719



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar

        

O`quv ishlari