library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     For parents     Log in         

5 January 2017 , 1,293
.

Xorijiy mutahasislar bilan muloqot

Anjumanda universitet ilmiy ishlar bo'yicha prorektori B.Abdullayeva,tarix fakulteti professor o'qituvchilari,doktarantlar ishtirok etishdi

2016 yil 28 oktabr kuni universitet majlislar zalida tarix fakulteti professor-o'qituvchilari xorijiy almashinuv dasturi doirasida ''O'zbekiston-Rossiya'' biznes forumida ishtirok etish uchun kelgan olimlar bilan uchrashuv o'tkazdilar. Janubiy Ural davlat universiteti xalqaro faoliyat bo'limi prorektori, iqtisod fanllari doktori professor Viktor Mixailovich Katochkov, Orenburg davlat universiteti qoshidagi Janubiy Ural tarixi va etnografiyasi ilmiy-tadqiqot instituti direktori tarix fanlari doktori, professor (universitetimizning sobiq talabasi) Venaliy Vladimirovich Amelin o'zlari ishlayotgan oliy o'quv yurtlari faoliyati bilan tanishtirdilar. Nizomiy nomidagi TDPU bilan Rossiiya oliy o'quv yurtlario'rtasida hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish,o'zaro tajriba almashish masalalarida suhbat bo'lib o'tdi.Universitet rahbariyati mehmonlarga tashrif uchun minatdorchilik bildirib, ushbu uchrashuv universitet doktarantlari va ilmiy tadqiqoychilari uchun muhim anjuman ekanligi qayd etishdi

5 January 2017 , Read:1293



Feed back

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Name:

E-mail:

Your comment :
Antibot :


Our projects

        

Education