|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


“Dotsent” ilmiy unvoni muborak bo'lsin

«Muhandislik grafikasi va uni o‘qitish metodikasi» kafedrasi mudiri, dotsent Xalimov Mohir Karimovich
1978 yil 2 yanvarda Toshkent viloyati Zangiota tumanida tug‘ilgan.

1992-1994 yillari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Zangiota tumanida joylashgan 15- litsey maktabda o‘qigan.

1994-1999 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Badiiy grafika” fakultetida “Chizmachilik, tasviriy san’at va sharq hunarmandchiligi” ta’lim yo‘nalishida tahsil olgan. O‘qish mobaynida Chizma geometriya va chizmachilik fanlaridan uztozlardan I.Ismoilov, P.Adilov, R.Ismatullaev, M.Mirdavidov, M.Isaeva, R.Yax’yaeva, A.Qoratoev, Tasviriy san’at fanlaridan taniqli rassom-pedagoglardan A.Mo‘minov, A.Inog‘omov, B.Xolmirzaev, B.Baymetov, N.Tolipov, B.Tojiev, A.Xoshimov, R.Rajabov, Amaliy san’at fanlaridan S.Bulatov, P.Shobaratovlardan tahsil olgan.

1999-2000 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Magistratura bo‘limida tahsil olgan.

2012 yildan hozirgi vaqtgacha “Kasb ta’limi” fakultetining “Muhandislik grafikasi va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi. O‘zining ish jarayonida kafedra tasarrufida o‘qitiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, bular jumlasiga yangi ochilayotgan ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari Davlat ta’lim standartlari, o‘quv va ishchi o‘quv rejalari, kafedrada o‘qitiladigan fanlarning fan dasturlari, ishchi o‘quv fan dasturlarini ishlab chiqishda bevosita qatnashib kelmoqda. Kafedra mudiri lavozimi davomida fakultetda tahsil olayotgan talabalar 2009-2010, 2010-2011, 2011-2012, 2012-2013 o‘quv yillarida “Chizma geometirya va chizmachilik” va “Muhandislik kompyuter grafikasi” fanlaridan o‘tkazib kelinayotgan talabalar respublika fan olimpiadalarida fahrli birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab kelmoqdalar. Shu bilan birga Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi talabalaridan uch nafari Navoiy nomidagi davlat stipendiati bo‘lganlar.

M.K.Xalimov 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

Yuqoridagilarni inobatga olib Oliy attestatsiya komissiyasining 2016 yil 28 sentyabrdagi 228/1- sonli bayonnomasi bilan Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Dotsent” ilmiy unvoni berildi.

Ushbu unvon bilan butun jamoa nomidan tabriklaymiz.

Kasb ta’limi fakulteti ma’naviy-ma’rifiy

Ishlar bo‘yicha dekan movuni R.R.Jabborov

7 noyabr 2016 yil, O`qilgan:791

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    Namunaviy o`quv dasturi mazmuniga qo`yiladigan talablar.

    Javob: barcha javoblar to`g`ri.

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Đĺéňčíă ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar




        
2017-03-30 23:43:27