|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


Yoshlarga oid davlat siyosati qonuni doirasida davra suxbati

Nizomiy nomidagi TDPU 5-talabalar turar joyida Yoshlarga oid davlat siyosati qonuni doirasida davra suxbati bolib otdi

Universitetga qarashli 5-talabalar turar joyining 4 va 6 qavat talabalari bilan universitet Kamolot YoIX yetakchisi X.Umarov, Kasb talimi fakulteti manaviy-marifiy ishlari boyicha dekan muovini R.Jabborov, Muhandislik grafikasi va uni oqitish metodikasi kafedrasi oqituvchisi K.Malikov ishtiroklarida Yoshlarga oid davlat siyosati qonuni qabul qilinganligibilan tanishtirish maqsadida davra suxbati bolib otdi.Universitet Kamolot YoIX yetakchisi X.Umarov sozga chiqib Yoshlarga oid davlat siyosati mazkur Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 12 avgustda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2016 yil 24 avgustda maqullangan edi.Ushbu qonunning maqsadi yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonun 33 moddadan iborat.

Qonunda quyidagi bir qator tushunchalarga izoh berib ketilgan:

yoshlar (yosh fuqarolar) 14 yoshga tolgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar;

yosh oila er-xotinning ikkisi ham 30 yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan 30 yoshdan oshmagan yolgiz otadan yoki yolgiz onadan iborat bolgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol);

yosh mutaxassis oliy yoki orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasasini bitirgan, talim muassasasini bitirganidan song olgan ixtisosligi boyicha uch yil ichida ishga kirgan va malumoti togrisidagi hujjatda korsatilgan ixtisosligi boyicha ishlayotganiga uch yildan kop bolmagan ottiz yoshdan oshmagan xodim;

yoshlar tadbirkorligi yuridik shaxs tashkil etmagan holda yosh fuqarolar tomonidan, shuningdek tasischilari yosh fuqarolar bolgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati.

Qonunga kora, yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yonalishlari quyidagilardan iborat:

yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taminlash;

yoshlarning hayoti va sogligini saqlash;

yoshlarning manaviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga komaklashish;

yoshlar uchun ochiq va sifatli talimni taminlash;

yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish;

yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuygusi, bagrikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli tasirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bolgan qatiy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;

yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zoravonlik va shafqatsizlik goyalaridan himoya qilish;

yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish;

iqtidorli va istedodli yoshlarni qollab-quvvatlash hamda ragbatlantirish;

yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart- sharoitlar yaratish;

yoshlarda soglom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek yoshlarning bosh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

yosh oilalarni manaviy va moddiy jihatdan qollab- quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish boyicha kompleks chora- tadbirlar tizimini amalga oshirish;

yoshlarning huquqlari va erkinliklarini royobga chiqarish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

Mazkur Qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran, yani 2016 yil 15 sentyabrdan kuchga kirishini aytib oz sozini yakunladi. Talabalar ozlarini qiziqtirgan savollariga aniq javoblarni olishdi.

Kasb talimi fakulteti manaviy-marifiy

ishlari boyicha dekan muovini: R.R.Jabborov

7 noyabr 2016 yil, O`qilgan:817

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    Verbalizm bu .

    Javob: ta`limda, kitobiy, hayotdan uzoqlashgan, aqidalarga asoslangan ta`lim berish va o`quv materiallarini o`zlashtirish

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar









Bizning loyihalar