library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

6 dekabr 2016 yil, 1,109
.

“Yo‘l xarakati qoidasi – umr foydasi”

Nizomiy nomidagi TDPU Kasb ta’limi fakulteti o‘quv binosida o‘tkazilgan “Yo‘l xarakati qoidasi – umr foydasi” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi

Nizomiy nomidagi TDPU Kasb ta’limi fakulteti o‘quv binosida 2016 yil 8 noyabr kuni soat 14-00da Toshkent shahar IIBB YHXB xodimi mayor Abduqodirov Alisher Abdugafurovich tomonidan yo‘l xarakati qoidalariga amal qilishlikni targ‘ib qilish maqsadida “Yo‘l qoidasi – umr foydasi” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mayor Abduqodirov Alisher Abdugafurovich so‘ga chiqib quyidagi qoidalar bilan tanishtirdi. Piyodalarga yo'lakchalarda va maxsus piyodalar yo'lkasida yurishga ruxsat etiladi. Shunday joylar bo'lmasa yo'l chekkasidan yoki velosiped yo'lkasidan harakatlaning o'ng tarafdan, mashinalar yo'nalishi bo'yicha harakatlaning.

Unutmana! Transport vositalari oqimiga qarab, chap tomondan yurish xavfsiz hisoblanadi. Katta mashina yo'llar va ko'chalarda! Transport vositasiga osilmang!

Chang'i, g'ildirakchali konki va skeytbordda faqat to'silgan maydonlar va bog'larda uching! Yo'lning transport vositasi qatnaydigan qismiga chiqmang.

Agar ko'cha yoki yo'lni kesib o'tish zarur bo'lsa velosipeddan tushib oling, skeytbordni esa qo'lingizda ushlang. Yo'lning transport vositasi qatnaydigan qistnini, faqat yer osti va yer usti o'tish joylaridan va"Piyodalarning o'tish joyi" belgisi mavjud joylardan kesib o'ting. Bunda o'zingizni erkin tutib avtomototransport vositalari yo'qiigiga ishonch hosil qilib, ko'cha va yo'lni tik perpendikulyar holda kesib o'ting.

Transport vositasiga chiqishda: Transport vositalarini bekatlarda kuting, yo'ining transport vositasi qatnaydigan qismiga chiqmang. Avtobus, trolleybus, tramvay va boshqa transport vositalariga ular batamom to'xtagandan so'ng chiqing. Jamoat transportiga chiqish orqa eshikdan tushish esa old eshikdan amalga oshiriladi. Avtobus, tramvayga ular harakatla- nayotgan paytda sakrab chiqmang, orqasiga osilmang zinapoyalarida turmang.

SVETOFOR ISHORALARI (SIGNALLARI)

Svetofor yoki yo'l harakatini tartibga soluvchi yo'l noziri borjoylarda ko'chadan ishora (signal) bo'yicha o'ting. Yo'l harakatini tartibga soluvchi yoki svetofor yo'q joyiarda yo'ining qatnov qismini transportlarga xalal bermasdan, o'zingizni erkin tutib, ikkilanmasdan kesib o'ting. Ikki tomonlama harakatlanish tashkil etilgan ko ' chani kesib o'tishdan oldin to’xtab, chapga qarang va transport vositasi bo'lmasa, o'tishni boshlang. Yo'lning o'rtasiga borib, o'ngga qarang. Agar yaqin masofada transport vositasi bo ' lsa, xavfsiz joyda yoki ko'chaning o'rtasida kutib turing yo'l bo'shagach harakatda davom eting, deb o’z so’zini yakunladi va shundan so’ng yo’l harakati qoidabuzarliklari aks ettirilgan videolavhalarni namoyish etdi. Talabalar o’zkarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Tadbir qiziqarli o’tdi

6 dekabr 2016 yil, O`qilgan:1109



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar