Foydali manbalar













OTM web-reytingi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan saylov uchastkalarda seminar-treninglar tashkil etilmoqda

Tobora yaqinlashib kelayotgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yuqori saviyada tashkil etish, joylarda saylov uchastka komissiyalari a’zolarining me’yoriy-xuquqiy savodxonligini oshirish, saylovning qonuniyligi va shaffofligini ta’minlash borasida barcha birdek bir yoqadan bosh chiqarib samarali faoliyat ko’rsatmoqdalar. Jumladan, bu borada Respublikamiz oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari va rahbar kadrlarining ham o’rni bor.






2016 yil 14 noyabridan Toshkent shahrida joylashgan OTM professor-o’qituvchilari Toshkent viloyatida 42 ta saylov uchastkasida uchastka komissiyasi a’zolarining xuquqiy savodxonligini oshirish, mavjud kamchiliklarni hamkorlikda bartaraf etish, 4 dekabrь kuni bo’lib o’tadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etadigan saylovchilar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida joylarda faoliyat olib bormoqda.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Musiqiy ta’lim” kafedrasi mudiri, san’atshunoslik fanlari nomzodi Q.B.Panjiev bilan birgalikda 2016 yil 16 noyabrdan Toshkent viloyati Bo’ka tumanida faoliyat ko’rsatayotgan quyidagi saylov uchastkalarida bo’lib, seminar-trening o’tkazdi va saylov uchastka komissiyasi a’zolarini qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

Ma’lumki, Toshkent viloyati Bo’ka tumanida 42 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan bo’lib, ulardan 38 tasi umumta’lim maktablarida, 2 tasi kasb-hunar kollejlarida, 1 tasi qishloq vrachlik punkitida va 1 tasi yopiq turda faoliyat ko’rsatmoqda. Bo’ka tumani bo’yicha qariyb 80835 nafar saylovchi ro’yxatga olingan.

2016 yil 16 noyabr kuni 236, 237, 235, 234, 233, 243, 272, 270-sonli saylov uchastkalari a’zolari bilan seminar-trening tashkil etildi. Seminar-trening har bir saylov uchastkalarida tashkil etildi.

Albatta joylarda saylov uchatkalari kommisiyasi a’zolarining xuquqiy savodxonligini oshirish bo’yicha o’tkazilayotgan seminar treninglar 2016 yil 4 dekabrga qadar davom etadi.

18 noyabr 2017 yil, 2,714
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering