XTQTXMOM | Ilmiy kutubxona | eDarslik | Masofaviy ta`lim | Pedagog | Ota-onalarga | Kirish          

18-noyabr - O’zbekiston Respublikasi bayrog’i qabul qilingan kun

O’zbekiston Respublikasi o’zining nim chorak asrlik faoliyati davomida tarixiy taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi. O’tgan ushbu davr mobaynida har yili 18 noyabr kunini O’zbekiston Respublikasining Davlat ramzi hisoblangan bayrog’i qabul qilingan kun sifatida keng nishonlaydi.

Pedagogika, psixologiya va defektologiya fakulteti musiqa ta’lim yo’nalishi talabalari hamda “Musiqiy ta’lim” kafedrasi professor-o’qituvchilari 2016 yil 18 noyabrni O’zbekiston Respublikasi bayrog’i qabul qilingan kun sifatida mazkur sanaga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirni “Musiqiy ta’lim” kafedrasi mudiri, san’atshunoslik fanlari nomzodi Q.Panjiev olib bordi. Tadbirda ko’p yillar O’zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tizimida samarali mehnat qilgan, oxirgi yillarda O’zbekiston Resepublikasi Bosh Prokuraturasida ishlagan va ayni paytda universitet yuristi lavozimida faoliyat ko’rsatayotgan Alisher Ibragimovga berildi. A.Ibragimov O’zbekiston Respublikasining Davlat ramzi hisoblangan bayrog’i qabul qilinish jarayoni va bu borada O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoschisi I.Karimovning shaxsiy tashabbuslari hususida ma’lumot berib o’tdi.

Shundan so’ng O’zbekiston Respublikasining Davlat ramzi hisoblangan O’zbekiston Respublikasi bayrog’i xususidagi video film namoyishi tomosha qilindi.

18 noyabr 2016 yil, 2,201
.


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering