Foydali manbalar













OTM web-reytingi

"Qozoq tili va adabiyoti" bo'limida malakaviy pedagogik amaliyot o'tkazildi

Konferensiyada fakultet dekani O.Yusupov, o'quv-usulubiy bo'lim metodisti Nazokat opa, pedagogika fani bo'yicha metodist prof. A.Qaldibekova, kafedra prof-o'qituvchilar va bo'lim talabalari qatnashdi






22-noyabr kuni Chet tillari fakulteti, Qozoq tili va adabiyoti bo'limida 5111300-Ona tili va adabiyoti (Qozoq tili va adabiyoti) ta'lim yo'nalishi talabalarining malakaviy pedagogik amaliyot bo'yicha yakuniy konferensiya o'tkazildi. Konferensiyada fakultet dekani O.Yusupov, o'quv-usulubiy bo'lim metodisti Nazokat opa, pedagogika fani bo'yicha metodist prof. A.Qaldibekova, kafedra prof-o'qituvchilar va bo'lim talabalari qatnashdi. Konferensiyada metodist-o'qituvchilar malakaviy pedagogik amaliyot davrida talabalar tomonidan erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida to'xtalib o'tdi. Undan keyin praktikant talabalarning malakaviy pedagogik amaliyot davrida amalga oshirgan ishlar yuzasidan hisobati tinglandi. So'ng pedagogik amaliyot davrida faol qatnashgan talabalar quyidagi nominatsiyalar bo'yicha: Batrekulova J., Turganalieva S. Үelgel praktikant (Namunali praktikant) Bektaeva G., Bazarbaeva R., Saylaubekova A., Үezdek praktikant (A'lochi praktikant) nominatsiyasida g'olib bo'lib, 1 va 2 darajali diplomlar bilan taqdirlandilar

23 noyabr 2017 yil, 2,152
Yuldasheva D.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering