Library.tdpu.uz       Elektron majmua       eDarslik.tdpu.uz       asofaviy ta`lim       Pedagog   Kirish      



TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Maqolalarning mazmuniga qoyiladigan talablar

1. Maqola ilmiy-tadqiqot ishining tarkibiy qismi bolishi yoki mustaqil ilmiy-nazariy va ilmiy-metodik masalaga qaratilishi hamda u milliy goya va manaviyatimiz ruhida yozilishi lozim.

2. Maqolada kichik bir ilmiy, ilmiy-metodik muammo kotariladi va hal qilinadi va u ilmiy uslubda yoziladi.

3. Maqola quyidagi tuzilma (struktura)ga rioya qilingan holda yozilishi tavsiya qilinadi:

Qisqacha kirish. Unda davrning ijtimoiy siyosati, fanning taraqqiyot darajasi va tanlangan muammoning dolzarbligi aks ettiriladi.

Qoyilgan maqsad va uni asoslash. Maqoladan kozlangan maqsad yoritilgani holda tanlangan muammoning fandagi shu muammolar tizimida ishlanganlik darajasi hamda umumiy muammolar ichidan tanlangan muammoning xususiyligi yoki alohidaligi ajratib korsatiladi.

Ilmiy muammoning tavsifi va yechimi. Bunda adabiyotlardan hamda tadqiqot jarayonida toplangan ilmiy va ilmiy-metodik faktlar har tomonlama tahlil va tavsif qilinadi, shuningdek, tayyorlangan axborot matni tajriba-sinov natijalari, korgazmali (illustratsion) material bilan mustahkamlanishi mumkin.

Yakuniy qism. Unda kichik ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik muammoning pedagogika va psixologiya, didaktika yoki xususiy metodika fanlari boyicha ilmiy va amaliy ahamiyatiga xulosa qilinadi.

4. Maqola mazmuniga quyidagi talablar qoyiladi:

4.1. Maqola mazmun mohiyati bilan muallifning ilmiy qarashlarini aks ettirishi va original bolishi kerak.

4.2. Maqola pedagogika, psixologiya va didaktikaning nazariy masalalariga bagishlanadigan bolsa, mavjud nazariyalarga qoshilgan yangilik yoki uning takomillashtirilayotgan jihatlari ochib berilishi lozim. Taklif etilayotgan goyaning mazmuni, nazariy va amaliy ahamiyati isbot qilib berilishi talab qilinadi.

4.3. Maqola xususiy metodika va texnologiyalarga bagishlanadigan bolsa, ularning yangilik darajasi hamda metod, metodika va texnologiyalarning samaradorligi otkazilgan tajriba-sinov ishlari natijalari bilan asoslanishi lozim.

4.4. Maqola pedagogika, psixologiya va didaktika tarixiga bagishlanadigan bolsa, unda organilayotgan manbalardagi fikr va qarashlar rivojlanayotgan fan va ijtimoiy fikr taraqqiyoti bilan boglanib, uning hozirgi davr uchun ahamiyati nuqtayi nazardan yondashilishi lozim.

22 fevral 2016 yil, O`qilgan:6738

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    Pedagogik mahorat tushunchasi qaysi javobda to`g`ri berilgan?

    Javob: Pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish harakatga keltira olish, pedagogik jarayonning yuqori samaradorligini belgilovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari tahlili

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar