Library.tdpu.uz   Elektron majmua   eDarslik.tdpu.uz   asofaviy ta`lim   Pedagog   Kirish      



TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Prezident saylovi-demokratik yangilanish va isloxotlar ko‘zgusi

Ma’ruza suhbatdan so‘ng Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari kafedrasi o‘qituvchisi U.Nigmanova hamdaqatnashchilariga fakultet raxbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi

2016 yil 25 noyabr kuni Kasb ta’limi fakulteti anjumanlar zalida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligini 2016 yil 22 noyabrdagi 87-02-464 sonli modemnoma ijrosini ta’minlash maqsadida ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi. Ma’ruza darsida Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari kafedrasi katta o‘qituvchisi U.Nigmanova, Universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi metodisti M.Xo‘jaev, Fakultet o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini B.Yuldashev va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini R.Jabborov hamda fakultetni 120 nafartalabalar ishtirok etishdi.Fakultet dekani Ya.Ismadiyarov kirish so‘zi bilan tadbirni ochib, o‘z so‘zida 2016 yil 28 oktyabr kunibo‘lib o‘tgan Markaziy saylov komissiyasining majlisini yana bir karra talabalarga tanishtirib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxati Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilngan Shu jumladan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Sarvar Sadullaevich Otamuratov, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Miromonovich Mirziyoev, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Hatamjon Abduraxmonovich Ketmonov, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Madjitovich Umarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar etib ro‘yxatga olindi.Ta’kidlab, so‘z navbatiniMilliy g‘oya ma’naviyat asoslari kafedrasi o‘qituvchisi U.Nigmanovagaberdi.Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari kafedrasi o‘qituvchisi U.Nigmanovao‘z so‘zi davomida O‘zbekiston respublikasi oliy majlisi palatalarining prezident vazifa va vakolatlarini bajarishni yuklash to‘g‘risidagi qo‘shma qarori mazmun va mohiyati hamda O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovini tashkil etish va o‘tkazishning huquqiy asoslari xaqida kerakli ma’lumotlarni talbalarga yetkazib berdi. Shuningdek 117-moddaO‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi. O‘zbekiston respublikasining qonuni fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida1-moddaO‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bu huquq fuqarolarining referendumlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida va hokimiyatning vakillik organlari saylovida qatnashishi orqali amalga oshiriladi.2-moddaO‘zbekiston Respublikasi fuqarolarii ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar teng saylov huquqiga egadir.4-moddaO‘zbekiston Respublikasining fuqarolarii saylash va saylanish huquqiga egadirlar.O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolarii saylash huquqiga egadirlar. Har bir fuqaro-saylovchi bir ovozga ega.O‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan hamda bevosita saylovgacha kamida o‘n yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanish huquqiga ega.6-moddaSaylovchilar qaerda bo‘lishlaridan qat’i nazar, ularga referendumlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida va hokimiyatning vakillik organlari saylovlarida bevosita qatnashish huquqi kafolatlanadi.13-moddaDavlat hokimiyati organlari saylovoldi uchrashuvlari o‘tkazish uchun saylovchilarga jihozlangan binolar, zarur ma’lumot va axborot materiallari berib turishlari shart. Yig‘ilishlar va uchrashuvlar o‘tkaziladigan vaqt va joy saylovchilarga barvaqt xabar qilinadi.16-moddaSaylov huquqiga ega, biron bir siyosiy partiyaning a’zosi bo‘lmagan, deputatlikka nomzod yoki uning ishonchli vakili etib ko‘rsatilmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylov komissiyalarining a’zosi bo‘lishlari mumkin.19-moddaSalomatligining holati yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmaydigan saylovchilar uchastka saylov komissiyasiga tegishli iltimos bilan murojaat etish huquqiga ega, bu komissiya ovoz berishni ana shu saylovchilar turgan joyda tashkil etishi shart.21-moddaKuch ishlatish, aldash, qo‘rqitish orqali yoki boshqa yo‘llar bilan fuqarolarning saylash va saylanish, referendumda ishtirok etish, saylovoldi agitatsiyasini olib borishdan iborat huquqlaridan foydalanishlariga to‘sqinlik qilish, shuningdek hujjatlarni soxtalashtirish, ovozlarni atayin noto‘g‘ri sanash, referendum to‘g‘risidagi, Prezident saylovi haqidagi, hokimiyatning vakillik organlariga saylov to‘g‘risidagi qonunlarni o‘zgacha tarzda buzish O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovi to‘g‘risida 1-moddaO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiradilar.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida o‘n yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin.2-moddaIjtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy ahvoliga, irqiy yoki milliy mansubligiga, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabatiga, mashg‘ulot turi va xususiyatiga qarab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sudning hukmiga muvofiq ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashmaydilar.3-moddaO‘zbekiston Respublikasining fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash bo‘yicha saylovoldi kampaniyasida va ovoz berishda ixtiyoriy ravishda qatnashadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha ovoz berish yashirin bo‘lib, fuqarolar tomonidan bevosita amalga oshiriladi. Fuqarolarning xohish-iroda bildirishlari ustidan nazorat etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi bitta ovozga ega. 4-moddaO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari ta’minlaydi. Markaziy saylov komissiyasi «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tuziladi. 8-modda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanganligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.10-modda Saylov uchastkalari tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda, saylovchilarga mumkin qadar ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida tuziladi. Saylov uchastkalari harbiy qismlarda ham tuziladi va qismlar joylashgan yerdagi saylov okruglariga kiradi.O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa doimiy ishlaydigan davolash muassasalarida, fuqarolarning olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi turar joylarida, qamoqda saqlash joylarida saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. 11-moddaSaylovuchastkalari, qoidatariqasida, kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 3000 nafar saylovchidan iborat etib tuziladi. Ovoz berishni tashkil etish uchun har bir saylov uchastkasiga tuman, shahar hokimligi bino ajratadi. 24-moddaO‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga siyosiy partiyalar egadirlar.

Siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida olti oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan taqdirdagina O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari. Siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari O‘zbekiston Respublikasi jami saylovchilarining umumiy soni kamida bir foizining, kamida sakkizta ma’muriy-hududiy tuzilma namoyandasi bo‘lgan saylovchilarning imzosini qamrab olgan bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari. Siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari O‘zbekiston Respublikasi jami saylovchilarining umumiy soni kamida bir foizining, kamida sakkizta ma’muriy-hududiy tuzilma namoyandasi bo‘lgan saylovchilarning imzosini qamrab olgan bo‘lishi kerakligini aloxida ta’kidlab o‘tdi

9 yanvar 2017 yil, O`qilgan:276

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    Pedagogik jarayonning ob`ekti?

    Javob: Talabalar guruhi va alohida talaba

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ