Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Prezidenti saylovi kuni faoliyati to’g’risidagi seminar-trening tashkil etildi

2016 yil 4 dekabr kuni bo’lib o’tadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni faoliyati to’g’risidagi seminar-treninglar tashkil etildi






Toshkent viloyati 10-saylov okurigiga qarashli Bo’ka tumanidagi saylov uchastkalarida saylov uchastka komissiyasi a’zolarini 2016 yil 4 dekabr kuni bo’lib o’tadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni faoliyati to’g’risidagi seminar-treninglar tashkil etildi

Tobora yaqinlashib kelayotgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yuqori saviyada tashkil etish, joylarda saylov uchastka komissiyalari a’zolarining me’yoriy-xuquqiy savodxonligini oshirish, saylovning qonuniyligi va shaffofligini ta’minlash borasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o’qituvchilari xizmati katta bo’lmoqda. Jumladan, professor-o’qituvchilar Toshkent viloyatidagi 867 ta saylov uchastkasida komissiya a’zolarining xuquqiy savodxonligini oshirish bo’yicha seminarlar tashkil etildi.

2016 yil 14 noyabridan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Musiqiy ta’lim” kafedrasi mudiri Q.B.Panjiev va Toshkent Agrar universiteti Qishloq xo’jaligida menejment fakulteti dekani, dotsent Alisher Shokirov Toshkent viloyati Bo’ka tumanida tashkil etilgan 42 ta saylov uchastkasining har birida bo’lib, saylov uchastka komissiyasi raisi va a’zolarining xuquqiy savodxonligini oshirish bo’yicha Markaziy saylov komissiyasi tomonidan taqdim etilgan “2016 yil 4 dekabr kuni saylov jarayni to’g’risidagi video rolik”ni har bir saylov uchastkasida mavjudligini ta’minlab, shu to’g’risida tushuntirish ishlarini olib bordi. Shuningdek, saylov uchastkasi komissiyasi a’zolarining savollariga javob berdilar. Ularga saylov jarayoni bilan bog’liq me’yoriy xuquqiy xujjatlar asosida ish yuritish bo’yicha yo’l-yo’riq ko’rsatib, ona va bola xonasi, tibbiy xonalarni shay xolatda jihozlanganligi to’g’risidagi ma’lumotlani 10-saylov okurigiga jo’natib turdilar

5 yanvar 2017 yil, 1,527
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering