XTQTXMOM | Ilmiy kutubxona | eDarslik | Masofaviy ta`lim | Pedagog | Ota-onalarga | Kirish          

Nizomiy nomidagi TDPU ga qarashli 5-Talabalar turar joyidagi sharoitlar va muammolar xaqida davra suxbati bo‘lib o‘tdi

Davra suxbati jarayonida prorektor K.Gulyamov talabalar bilan birma-bir suxbatlashdi

2016 yil 25 noyabr kuni 5-Talabalar turar joyi ma’naviyat xonasida universitet Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik ishlari bo‘yicha prorektor K.M.Gulyamov va bo‘lim boshlig‘i A.Yuldashev hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari, yotoqxona talabalari ishtirok etishdi. Davra suxbati jarayonida prorektor K.Gulyamov talabalar bilan birma-bir suxbatlashdi. 5-Talabalar turar joyi joriy ta’mirlash ishlari yakunlanganlini va bu yangi ta’mirdan chiqqan qavatlarni, xonalarni asrab-avaylab qadriga yetishni va shu xolatni saqlash avvalo talabalarni o‘ziga ko‘proq kerakligini va o‘zi yashashini aytib o‘tdi. Yotoqxona kutubxonasidagi kitoblarni yaxshi saqlashni va undan doimiy ravishda foydalanishni yana bir karra eslatdi. Shundan so‘ng so‘z bo‘lim boshlig‘i A.Yuldashevga berildi. A.Yuldashev ham talabalar bilan birma-bir suxbatlashdi. Yotoqxona joriy ta’mirdan chiqqanligini aytib yotoqxonada qanday muammolar borligini so‘radi. Talabalar yotoqxonadagi ayrim muammolarni ko‘tarishdi. Muammolar shundan iboratki xar-bir qavatlarda yuvinish xonasi va xojatxonalar mavjud, lekin ikkinchi tomon yuvinish xonasi va xojatxonani ishga tushirishni, lift ishlashini aytishdi. Bu ko‘tarilgan muammolarni A.Yuldashev o‘zi birin ketin jurnalga qayd etdi. Bu muammolar asta-sekinlik bilan bartaraf etishni talabalarga tushuntirib o‘tdi

1 dekabr 2016 yil, 1,312
.

AL va KHK bilan xamkorlik


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering