|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


1 dekabr xalqaro OITS ga qarshi kurashish kuni

Nizomiy nomidagi TDPU Kasb talimi fakultetida 2016 yil 29 noyabr kuni
1 dekabr xalqaro OITS ga qarshi kurashish kuniga bagishlangan tadbir
bolib otdi

Kasb talimi fakultetida 2016 yil 29 noyabr kuni 1 dekabr xalqaro OITS ga qarshi kurashish kuniga bagishlangan tadbir bolib otdi. Fakultet asosiy kirish qismida talabalar ijodidagi mavzuga oid, tarbiyaviy ahamiyatga ega devoriy gazetalar bilan bezatildi. Tadbirga Ibn Sino salomatlik maskani marifat bolimi raxbari S.O.Safarova hamda Xayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi mudiri G.S.Ergashevalar sozga chiqib OITS butun dunyoda eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) OIV (orttirilgan immuntanqisligi virusi) infeksiyasining oxirgi bosqichi hisoblanadi. Bu odamning immunitet tizimini ishdan chiqaruvchi va kasalliklar oldida himoyasiz qilib qoyadigan darddir. OIV uch xil parenteral, jinsiy va vertikal yol bilan yuqadi. Parenteral yol teri va shilliq qavatning shikastlanishi orqali yuqadigan jarayonni oz ichiga oladi. Masalan, giyohvand vositalarni tomir orqali oluvchilar, badanlariga tatuirovka chizdirishga qiziqadiganlar, kosmetologik yoki boshqa xizmatlardan foydalanuvchilar sterillanmagan asboblar orqali infeksiyani bevosita parenteral yol bilan yuqtirib olishlari mumkin. Takidlash kerakki, jinsiy yol bilan yuqish faqat OIV infeksiyasiga xos emas. Ottizdan ortiq boshqa kasalliklar ham jinsiy yol bilan yuqishi mumkin. Uchinchi yol vertikal, yani kasallikning onadan bolaga yuqishi. Orttirilgan immuntanqisligi virusi inson organizmiga tushgandan song on yil davomida ham klinik belgilar namoyon bolmasligi mumkin. Shuning uchun bu kasallikni yuqtirganlar aksariyat hollarda buni sezmaydilar. Virus organizmning immun tizimini ishdan chiqargandan keyin, muayyan bir kasalliklar, masalan, zotiljam, sil, har xil kandidozlar, ichak infeksiyalari va boshqa infeksiyalar xurujini organizm yengolmay qolgach, bemor shifoxonaga osha kasalligi boyicha murojaat qilganida, OIVga chalingani ayon boladi. OIV infeksiyasining OITS kasalligiga aylanishida yuz beradigan ozgarishlar tana haroratining kotarilishi, surunkali terlash, limfa tugunlarining kattalashishi, ishtahaning yoqolishi, ozib ketish, holsizlanish, terida toshmalarning paydo bolishi, ichning muntazam ravishda buzilishi va boshqa shunga oxshash klinik belgilar immunitetning susayganidan darak beradi. OIV infeksiyasiga chalingan odamning umrini soglom odamning umrichalik chozish mumkin. Buning uchun u doimiy ravishda shifokor nazoratida bolishi zarur deb oz sozini yakunladi. Tashrif buyurgan mexmonlarga fakultet raxbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

Kasb talimi fakulteti manaviy-marifiy

ishlar boyicha dekan muovini: R.R.Jabborov

3 dekabr 2016 yil, O`qilgan:377

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :
  • Pedagogikadan savol

    Berilgan javoblardan avtoritar shaklga tegishli javobni aniqlang.

    Javob: O`qituvchi o`quvchilarni qattiqqo`llik bilan ularga mustaqillik bermasdan boshqaradi

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar









Bizning loyihalar