library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

6 noyabr 2013 yil, 11,061
.

“O’zbekiston – Ozarbayjon” do’stlik jamiyati

“O’zbekiston – Ozarbayjon” do’stlik jamiyati tomonidan istiqlol yillarida davlatimizning xorijiy mamlakatlar bilan o’rnatgan har tomonlama manfaatli hamkorligi asosida o’zbek va ozarbayjon xalqlari o’rtasida qardoshlik va do’stlik aloqalari yanada mustahkamlash maqsadida turli madaniy-ma`rifiy tadbirlar o’tkazib kelinmoqda. Navro’z – umumxalq bayrami, O’zbekiston va Ozarbayjon davlatlarining mustaqillik bayramlari, ulug’ mutafakkirlar Alisher Navoiy va Nizomiy Ganjaviy tavalludi sanalarini nishonlash kabi tadbirlar shular jumlasidandir.

Do’stlik jamiyati bilan Ozarbayjonning O’zbekistondagi elchixonasi va Toshkent shahridagi Geydar Aliyev nomidagi ozarbayjon madaniyat markazi bilan har ikki xalqning qadimiy tarixi, boy ma`naviy merosi va istiqlol yillarida ijtimoiy – madaniy sohalarda erishgan yutuqlarini o’zaro targ’ib qilish bo’yicha doimiy hamkorlik yo’lga qo’yilgan.

Bugungi kunda O’zbekiston va Ozarbayjon davlatlari o’rtasida tobora rivojlanib borayotgan hamkorlik aloqalari sharoitida do’stlik jamiyati faoliyatini mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bilan birga yangi shakl, usul va vositalarni amaliyotga joriy etgan holda yanada takomillashtirish zarur bo’lmoqda.

Yuqorida takidlangan fikrlarni inobatka olgan xolda “O’zbekiston - Ozarbayjon” do’stlik jamiyatining 2013 yilga mo’ljallangan ish rejasi ishlab chiqildi. Unga ko’ra qo’yidagi ishlarni amalga oshirish belgilab olindi:

- “O’zbekiston-Ozarbayjon” do’st¬lik jamiyati boshqaruv a`zolarining Ozarbayjon Respublika¬si¬ning O’zbekiston Respublikasidagi elchixonasi 2 kotibi bilan uchrashuv tashkil etish va xamkorlikda o’tkaziladigan tadbir rejasini ishlab chiqish;

- Navro’z bayramini O’zbekiston do’stlik jamiyatlari kengashi xodimlari, “O’zbekiston-Ozarbayjon” do’st¬lik jamiyati az`olari, Ozarbayjon Respublika¬si¬ning O’zbekiston Respublikasidagi elchixonasi va Ozarbayjon madaniyat markazi xodimlari bilan birgalikda Nizomiy nomidagi TDPU xududida nishonlash;

- Ozarbayjon Respublika¬si¬ning O’zbekiston Respublikasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda Ozarbayjon xalqining umummilliy lideri Geydar Aliyevning 90 yilligiga bag’ishlangan tadbir tashkil etish;

- Ozarbayjon Respublika¬si¬ning O’zbekiston Respublikasidagi elchixonasi ko’magida Nizomiy nomidagi TDPU faollarini Ozarbayjon Respublika¬siga va bevosita Nizomiy Ganjaviy tavallud topgan Ganji shahriga madaniy tashrif tashkil etish;

- O’zbekiston do’stlik jamiyatlari kengashi va Ozarbayjon Respublika¬si¬ning O’zbekiston Respublikasidagi elchixonasi ko’magida “O’zbekiston-Ozarbayjon” do’st¬lik jamiyati a`zolarining ishtirokida milliy liboslar va tasviriy san`at ko’rgazmalarini Baku shahrida o’tkazish;

- Ozarbayjon Respublika¬si¬ning O’zbekiston Respublikasidagi elchixonasi ko’magida “O’zbekiston-Ozarbayjon” do’st¬lik jamiyati bilan “Ozarbayjon-O’zbekiston” do’st¬lik jamiyati o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada faollashtirish.

- “O’zbekiston-Ozarbayjon” do’st¬lik jamiyati tomonidan tashkil etiladigan turli tadbirlarga Ozarbayjon Respublika¬si¬ning O’zbekiston Respublikasidagi elchixonasi xodimlarini taklif etish;

va shu kabi boshqa tadbirlar.

6 noyabr 2013 yil, O`qilgan:11061



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar