|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


“Konstitutsiya – ravnaqimiz qomusi”

Tadbir so‘ngida fakultet jamoasi tomonidan Toshkent viloyati Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudi raisi JALOLOVA FERUZA INOMJONOVNAGA minnatdorchilik bildirildi. Tadbir juda qiziqarli savol javoblar bilan o‘tdi

Nizomiy nomidagi TDPU “Kasb ta’limi” fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunini

Nizomiy nomidagi TDPU “Kasb ta’limi” fakultetida 8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunni munosib nishonlash uchun chora-tadbir rejasi tasdiqlandi. Chora-tadbirlar rejasi 12 banddan iborat bo‘lib barcha bandlar ijrosi ta’minlanmoqda masalan 2016 yil 7 dekabr kuni Mexnat ta’limi va dizayn kafedrasi o‘qituvchisi Raxim Ankaboev shogirdlari bilan Konstitutsiyaning 24 yilligiga oid devoriy gazeta va ijodiy ishlar na’munalaridan ko‘rgazma uyushtirildi. Ko‘rgazmada fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalari va turli kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. 2016 yil 9 dekabr kuni “Konstitutsiya – ravnaqimiz qomusi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Toshkent viloyati Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudi raisi JALOLOVA FERUZA INOMJONOVNA taklif qilindi. Tadbirda Kasb ta’limi metodikasi kafedrasi mudiri G.Anorqulova va shu kafedra professor-o‘qituvchilari, fakultet Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi X.Yakubova, Mehnat ta’limi va dizayn kafedrasi katta o‘qituvchisi G.Sharipova, fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini R.Jabborov, 80 nafar talabalar ishtirok etishdi. Tadbirda JALOLOVA FERUZA INOMJONOVNA so‘zga chiqib Buyuk bobokolonimiz, sohibqiron Amir Temur o‘z saltanatining qudratini qurdirgan imoratlariga qarab anglashni uqtirganidek, jonajon O‘zbekistonimizning dunyo tamaddumidagi mavqei, salohiyati va obro‘-e’tiborining me’zoni hech mubolag‘asiz uning Konstitutsiyasidir. Zero, jahon sivilizatsiyasining buyuk yutug‘i bo‘lgan Konstitutsiya davlat (saltanat) deb atalmish majusiy ma’nodagi imoratning mustahkamligini, umrboqiyligini belgilovchi eng muhim huquqiy, siyosiy va mafkuraviy hujjatdir. Mustaqil O‘zbekistonning shonli tarixiy solnomasida 1992 yil 8 dekabr sanasi ulkan siyosiy voqea bo‘lib muhrlandi. Boisi, yangi suveren va demokratik davlat maqomini konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlash zarurati bilan, xalqimizning xohish-irodasini o‘zida mujassam etgan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi aynan shu sanada qabul qilindi. Tarixdan ma’lumki, Prezidentimiz I.A.Karimov 1990 yil mart oyida bo‘lib o‘tgan o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi birinchi sessiyasida Respublikamizda qaror topadigan yangi konstitutsiyaviy tuzumning huquqiy maqomini belgilab beruvchi mustaqil o‘zbek davlatining konstitutsiyasini ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risidagi olamshumul g‘oyani olg‘a surdi.. Davlatimiz rahbari mazkur tadbirda so‘zlagan nutqida mustaqil O‘zbekistonning siyosati - insoniylik va ezgulik qonunlariga asoslanishi, fuqarolar osoyishtaligi va milliy murosa siyosati bo‘lib qolajagini oldindan ochiq-oydin ko‘ra bilgan edilar. Konstitutsiya loyihasini tayyorlashda respublikamizning eng taniqli olimlari, siyosatchilari, huquqshunoslari, ziyolilari va boy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan fuqarolari ishtirok etdi. Ikki bor umumxalq muhokamasidan o‘tkazilib qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi nafaqat xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari, ayni chog‘da, maqtansa maqtangulik milliy qadriyat va anan’anlarimizni ham o‘zida to‘laqonli mujassam etolgani tufayli o‘sha kezlardayoq xalqaro ekspertlarning e’tiborini tortdi. Darhaqiqat, mustaqil O‘zbekistonning Konstitutsiyasi dunyoning mashhur huquqshunoslari va davlatshunoslari e’tirof qilganidek, dunyodagi eng maqbul va mukammal tuzilishga ega konstitutsiyalardan biri bo‘lib, u o‘zida o‘zbek davlatchiligining ko‘p asrlik tarixiy tajribasini, rivojlangan davlatlar konstitutsiyaviy amaliyotining asosiy tamoyillarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hamda xalqaro huquq normalarini to‘la mujassamlashtirgan. 6 ta bo‘lim, 26 ta bob, 128-moddadan iborat Asosiy Qonunimiz sodda va tushunarli tarzda bayon e’tilgani va milliy xususiyatlari bilan boshqa davlatlarning Konstitutsiyalaridan ajralib turadi. Muhimi, oliy yuridik maqomga ega Konstitutsiyamiz davlatimizning mustaqil va bo‘linmasligini, chegaralarimiz daxlsizligini, eng asosiysi, inson huquqlari oliy qadriyat ekanligini huquqiy jihatdan kafolatlab beradi. G‘urur bilan aytish mumkinki, mazkur qonun hujjatining barcha normalari amalda izchillik bilan tatbiq etib kelinmoqdaki, bu jihat uning naqadar hayotiyligidan dalolatdir.

Jamiyatimiz hayotining barcha sohalarini qamrab olgan Konstitutsiyamizning muqaddimasidayoq inson huquqlariga alohida urg‘u beriladi. Zotan, har bir davlatda demokratiyaning nechog‘lik qaror topgani inson huquq va erkinliklariga qay darajada rioya etilayotgani bilan o‘lchanishi isbot talab etmaydigan haqiqatdir. Bosh Qomusimizning eng muhim g‘oyalaridan biri unda ko‘p millatli respublikamiz aholisining maqsadi, xohish-irodasi o‘z aksini topganligi, ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti, adolatparvar tashqi siyosatga asoslangan demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurilishining asosiy vazifalari mukammal tarzda belgilab berilganligidadir.

Konstitutsiyamizda davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekanligi, fuqarolar manfaatining ustuvorligi, ya’ni birlamchiligi qonuniy ravishda mustahkamlangan bo‘lib, uning maqsad va mohiyati insonga munosib hayot sharoitlarini yaratish, uni baxtli qilishdan iborat. Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab oliy o‘quv yurtlarida ham alohida qiziqish bilan o‘rganilayotgani bejiz emas.. Bu yosh avlodda vatanparvarlik, yurtga sadoqat hissini oshiribgina qolmay, Asosiy Qonunimizning tom ma’nodagi huquqiy qalqon ekanini anglab yetish imkonini yaratadi. Albatta, bu borada davlatimiz Rahbarining 2001 yil 4 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoyishi asosiy huquqiy-normativ hujjat bo‘lib xizmat qilmoqda. Yurtimizning har bir fuqarosi Bosh Qomusimizni o‘rganish asosida o‘zining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy huquqlarini o‘zlashtiribgina qolmay, ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi, davlat hokimiyatining tashkil etilishi, Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi hamda zaruriyati singari muhim siyosiy-huquqiy jarayonlarni ham anglab yetadi. Bu o‘z o‘zidan shaxs va davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga, jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga zamin yaratadi. Shu o‘rinda qisqacha bo‘lsada, Asosiy Qonunimiz asosida qanday yutuqlarga erishayotganimiz xususida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Avvalo, uning qabul qilinishi natijasida jamiyatda muayyan konstitutsiyaviy tartib o‘rnatilib, davlat organlari Konstitutsiya doirasida shakllangani va amal qilib kelayotganini aytib o‘tish zarur. Binobarin, Konstitutsiya oliy yuridik hujjat sifatida davlatning tuzilishi va uning huquqiy tizimini belgilab beruvchi mezon hisoblanadi. Bugungi kunda unga asoslangan holda qabul qilingan besh yuzdan ortiq qonunni va o‘ttiz mingdan ortiq qonunosti hujjatlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi milliy qonunchilik bazasi qaror topti. Iqtisodiy sohada esa mulkchilikning barcha shakllari, jumladan, xususiy mulk tengligi, tadbirkorlik erkinligi o‘rnatilib, ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgan bozor munosabatlarining rivojlanishi uchun zarur shart-sharoit va kafolatlarni yaratib berdi. Siyosiy sohada Asosiy Qonunimiz demokratik davlatchilikning zarur mezonlariga muvofiq tarzda barqaror ijtimoiy-siyosiy muvozanatni yaratdi. Mafkuraviy hujjat sifatida Konstitutsiyamiz mamlakatimizda siyosiy va mafkuraviy hurfikrlikni, so‘z va axborot erkinligini, xalqimiz birdamligini, maqsadlar mushtarakligini, milliy g‘urur va qadriyatlar ulug‘vorligini ta’minladi. Deb o‘z so‘zini yakunladi. Kasb ta’limi metodikasi kafedrasi mudiri G.Angorqulova, professor-o‘qituvchilar, talabalar o‘z xuquq va majburiyatlari to‘g‘risida bir qancha savollar bilan murojat qilishdi va o‘z savollariga javoblar olishdi. Tadbir so‘ngida fakultet jamoasi tomonidan Toshkent viloyati Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudi raisi JALOLOVA FERUZA INOMJONOVNAGA minnatdorchilik bildirildi. Tadbir juda qiziqarli savol javoblar bilan o‘tdi

9 dekabr 2016 yil, O`qilgan:465

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :
  • “Konstitutsiya – ravnaqimiz qomusi”



  • Pedagogikadan savol

    Muammoli ta`lim metodining ta`rifi qaysi javobda keltirilgan?

    Javob: Ilmiy bilish jarayonining ob`ektiv qarama-qarshiliklarini aniqlash va ularni hal qilishga qaratilgan, fikrlashga o`rgatish va bilimlarni ijodiy o`zlashtirishga qaratilgan ta`lim metodi

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Đĺéňčíă ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar