library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

2 noyabr 2015 yil, 10,092
.

O`M va KHK malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti

Mazkur fakultet 1973 yil O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 330-sonli buyrug’i bilan tashkil etilgan bo’lib, to 1998 yilgacha xalq ta’limi rahbar xodimlarining va respublikadagi pedagogika oliy o’quv yurtlari o’qituvchilarining malakasini oshirish bilan shug’ullanib kelgan.



O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi «Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to’g’risida» gi 77-qaroriga asosan Nizomiy nomli TDPU ga universitet maqomi berilishi munosabati bilan fakultet oldiga ham yangi vazifa: yangidan tashkil qilinayotgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari umumta’lim fanlari o’qituvchilarining malakasini oshirish vazifasi qo’yilgan.

2007 yil may oyidan boshlab O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2007 yil 22 martdagi «Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash rejasi to’g’risida»gi 58-sonli va universitet rektorining 2007 yil 25 apreldagi «Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash Markazini tashkil etish to’g’risida»gi 165 –U buyruqlariga asosan malaka oshirish va qayta tayyorlash Markazi tarkibidagi Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari pedagoglarining malakasini oshirish kursi deb yuritilgan. 2013 yildan yana O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetiga aylantirilgan.

Fakultet tomonidan 1973 yildan 1998 yilga qadar 20.000 dan ortiq xalq ta’limi rahbar xodimlarining hamda pedagogika institutlarining 2500 dan ortiq professor-o’qituvchilarining malakasi oshirilgan bo’lsa, 1998 yildan to 2014 yilga qadar 30.000 ortiq o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining umumta’lim fanlari o’qituvchilarining malakasi oshirilgan. Fakultetda 2011 yildan boshlab nopedagogik oliy o’quv yurtlarini bitirib, pedagogik faoliyat bilan shug’ullanayotgan o’qituvchilar uchun pedagogik qayta tayyorlash kursi tashkil etilgan. Shu kunga qadar ushbu kursda 3000 dan ortiq o’qituvchi tahsil olishgan.

Bugungi kunda fakultetda O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining buyurtmasiga asosan har bir o’quv yilida 2000 tadan ortiq akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’qituvchilarining malakasi oshirilmoqda va 400 ga yaqin o’qituvchilar pedagogik qayta tayyorlash kursida tahsil olishmoqda.

Fakultetga turli yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.Mirqosimov, pedagogika fanlari nomzodi, professor K.Hoshimov, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.Bekjanova, tarix fanlari nomzodi, dotsent Q.Ergashev, tarix fanlari nomzodi, dotsent N.Quvvatov, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent F.Yuzlikaev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent N.Dosanov, tarix fanlari doktori, professor A.Qirg’izboev, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent X.Alimovlar, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent S.Boltaboev, iqtisod fanlari nomzodi K.Gafurov, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Sh.Zufarovlar rahbarlik qilishgan. Shu kunlarda O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetiga filologiya fanlari nomzodi, dotsent N.Dosanov rahbarlik qilmoqda.

Malaka oshirish kursida hozirgi kunda maxsus kafedralar mavjud emas. Malaka oshirish kursida o’quv jarayonini tashkil etishda universitetning barcha kafedralaridan foydalanadi.

Malaka oshirish kursida o’tgan o’quv yillarida professor-o’qituvchilardan akademik S.Rajabov, professorlar K.Yusupov, K.Xoshimov, A.Maxsumov, A.G’ofurov, Z.Mirtursunov, U.Yuldashev, M.Voxidov, S.Shermuhammedov, J.Yo’ldoshev, Yu.Yo’ldoshev, N.Muslimov, B.Mirzaxmedov, M.Mamadazimov, O’.Toshmetov, S.Sodiqov, A.Agronyan, M.Davletshin, J.Xasanboev, N.Azizxo’jaeva, O.Musurmonova, J.Ikramov, N.Mahmudov, O.Karimova, I.Tursunov, fan nomzodlari, dotsentlardan A.Ashirboev, G.Sharipova, E.Shainskaya M.Mirqosimov, R.Boqiev, M.Mamarajapov, D.Yunusova, T.Jo’raev, S.Fayzullaev, Z.Kudasheva, R.Boqiev, T.Rizaev, M.Ahmedova, A.Tadjiev, M.Bekjanova, M.Nishonov, M.Dadajonov, U.Mahkamov, X.Abdullaev, Ye.Shain, S.Madyarova, Q.Ergashev, F.Yuzlikaev, A.Akopyan, Yu.Kaplun, Ye.Chevrenidi, N.Timoshenko, N.Pavlova, S.Timurova, I.Mannopovalar dars berishgan.

Hozirgi kunda O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetida fan doktorlari, professorlardan B.To’xliev, Q.Yo’ldoshev, Sh.Toshmuxammedova, N.Mirkurbanov, E.Imamov, D.Fayzullaev, J.Tolipova, fan nomzodlari, dotsentlardan N.Eshpulatov, S.Magdieva, S.To’raev, G.Fuzailova, G.Berdiev, Sh.Ergasheva, A.Akmalov, Q.Jumaniyozov, M.Lafasov, P.Odilov, O.Kon, X.Maxmudova, G.Dalimova, M.Xoshimova, I.Abdullaev, N.Alimqulov, A.Sotvoldiev, M.Ganieva, X.To’ychieva, L.Ilieva, M.Qahhorova, G.Alimova, B.Xoldorov, M.Mirsolieva, L.Tursunov, M.Sobirova va boshqalar dars berishmoqda.

Malaka oshirish kursi o’quv jarayoniga universitet professor-o’qituvchilaridan tashqari boshqa tashkilotlardan ham yetakchi mutaxassislar jalb qilingan. Malaka oshirish kursi tinglovchilari universitet auditoriyalaridagi darslardan tashqari Toshkent shahridagi namunaviy akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida - O’zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi akademik litseyda, TTESI qoshidagi akademik litseyda, Toshkent pedagogika kollejida, 1-Toshkent pedagogika kollejida, Toshkent qurilish kommunal kasb-hunar kollejida, Toshkent moliya va iqtisojiyot kollejida bo’lishadi, ularning o’quv bazalari, o’quv jarayonlari, fan kabinetlari va undagi zamonaviy o’quv jihozlari, texnikalari bilan, hamda umumta’lim fanlarini o’qitishda qo’llanilayotgan yangi pedagogik texnologiyalar bilan yaqindan tanishishadi.

Shu bilan birga malaka oshirish kursi tinglovchilari yangi fan yutuqlari bilan tanishish maqsadida O’zbekiston FA ning Yadro fizikasi, Polimerlar ximiyasi, Tarix instituti, Til va adabiyot institutlarida bo’lishadi. Bundan tashqari tinglovchilar Toshkentning diqqatga sazovor joylarida – «Xotira maydoni»da, «Shahidlar maydoni»da, «Temuriylar tarixi davlat muzeyi»da, O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyida, «Amaliy san’at muzeyi»da va Milliy teatrda hamda Muqimiy nomidagi teatrlarda bo’lishadi.


Malaka oshirish kursining 2013 yilida O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi buyurtmasi asosida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida faoliyat ko’rsatayotgan 2130 nafar umumta’lim fanlari o’qituvchilarining malakasini oshirish rejalashtirildi.

Malaka oshirish kursi va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmalari bilan shartnomalar tuzilgan. Tinglovchilar soni hamda xarajatlar hisobi tomonlar tarafidan kelishiladi va tasdiqlanadi. Shartnomaga asosan O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bashqarmalari yil davomida umumta’lim fanlari o’qituvchilarining malakasini oshirishga bo’lgan ehtiyoji o’rganiladi, ularning monitoringi tashkil qilinadi.

Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari pedagoglarining malakasini oshirish kursi faoliyati to’g’risida

Malaka oshirish kursining 2013 yilida O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi buyurtmasi asosida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida faoliyat ko’rsatayotgan 2130 nafar umumta’lim fanlari o’qituvchilarining malakasini oshirish rejalashtirildi.

Malaka oshirish kursi va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmalari bilan shartnomalar tuzilgan. Tinglovchilar soni hamda xarajatlar hisobi tomonlar tarafidan kelishiladi va tasdiqlanadi. Shartnomaga asosan O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bashqarmalari yil davomida umumta’lim fanlari o’qituvchilarining malakasini oshirishga bo’lgan ehtiyoji o’rganiladi, ularning monitoringi tashkil qilinadi.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari pedagoglarining malakasini oshirish kursida Respublika o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi matematika, fizika-astronomiya, ximiya, biologiya, geografiya, chizmachilik, musiqa, o’zbek tili va adabiyoti, tarix, milliy istiqlol g’oyasi, rus tili va adabiyoti, chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik, pedagogika va psixologiya fanlari o’qituvchilarining hamda amaliy psixologlarning malakalari oshirilib kelinmoqda.

O’quv-metodik kengashning ish rejasida malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun tayyorlangan fan dasturlarini, ma’ruza matnlarini qayta ko’rib chiqish, ularni muhokama etish va tasdiqlash; malaka oshirish kursida o’qitiladigan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar samaradorligini oshirish; dars jarayonida yangi o’quv texnika vositalaridan foydalanish holati, malaka oshirish kursining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash; o’zaro darslarga kirish, ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish kabi masalalar o’rin olgan. Bularning barchasi o’quv jarayonini to’laligicha qamrab olgan.

O’quv mashg’ulotlari tasdiqlangan dars jadvali asosida olib boriladi. Darslar yangi pedagogik texnologiyalar asosida suhbat, savol-javob, bahs-munozara, muammoli dars shakllarida hamda ko’rgazmali va tarqatma materiallardan foydalanilgan holda olib borilmoqda.

Malaka oshirish kursiga universitet kafedralardan 50 nafar tajribali professor-o’qituvchilar jalb etilgan. Ularning 22 nafari professor, 17 nafari dotsent, 11 nafari katta o’qituvchilardir.

Malaka oshirish kursida dars jarayonida yangi o’quv texnika vositalaridan foydalanish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Fakultetda 25 ta «Pentium-IV» kompyuterlari, 3 ta videoproektor, 1 ta video ikkilik, «Lektor» tizimi mavjud. Bularning barchasi darslarning, berilayotgan ma’lumotlarning tinglovchilar tomonidan yaxshi o’zlashtirilishida qo’l kelmoqda. Kompyuterlarning 13 tasi internet tizimiga ulangan va undan imkoniyat darajasida dars jarayonida foydalanilmoqda. Bularning hammasi malaka oshirish kursida o’qitiladigan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarining samaradorligini oshiradi.

O’quv jarayonidagi eng muhim masalalardan biri bu tinglovchilarga berilayotgan darslarning mazmuni va sifati masalasidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi zamonaviy pedagog javob berishi kerak bo’lgan talablar kompleksini belgilaydi. Malaka oshirish kursida dars beradigan professor-o’qituvchilar Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi 25-son qarorida ko’rsatilgan Pedagog kadrlarning malaka talablariga rioya qilgan holda darslarga jiddiy tayyorgarlik ko’radilar. Tinglovchilarga berilayotgan darslarning samaradorligini oshirish uchun interfaol metodlardan foydalanadilar. O’quv jarayonida didaktik materiallar, texnik vositalar va multimediyalardan foydalanish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Dars jarayonida tajribali o’qituvchilarning usullari, yutuqlari, izlanishlari o’rganiladi va tinglovchilar orasida ommalashtiriladi.

Malaka oshirish kursida maxsus kutubxona tashkil etilgan. Bugungi kunda kutubxonamiz 6000 ga yaqin kitob fondiga ega. Kutubxonada fanlar bo’yicha o’quv qo’llanmalari, metodik ko’rsatmalari, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallari, kundalik ro’znomalar mavjud.

Professor-o’qituvchilar tomonidan tinglovchilar uchun fanlar bo’yicha ma’ruza matnlari, metodik tavsiyanomalar, uslubiy qo’llanmalar, tarqatma materiallar tayyorlanib, tinglovchilarga tarqatilmoqda.

Malaka oshirish sifatini baholash maqsadida tinglovchilar dastlab “Kirish” testlarini, kurs yakunida esa “Bitirish” testlarini topshiradilar. Ular bir oy davomida tayyorlashgan loyiha ishlarini himoya qiladilar. Bitiruv ishlariga qo’yiladigan talablar universitet Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan. Rejalashtirilgan loyiha ishlarida ijodiylikni ta’minlash maqsadida konsultatsiya kunlari belgilangan.

Malaka oshirish kursi bilan O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari va ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik aloqalari mavjud. Tinglovchilar o’qish davomida Toshkent shahrida joylashgan O’zMU qoshidagi Sirojiddinov nomidagi akademik litsey, Toshkent pedagogika kollejlari, TTESI qoshidagi akademik litsey, Toshkent informatika kasb-hunar kolleji, TDIU qoshidagi Chilonzor akademik litseyi, Sergeli politexnika kasb-hunar kolleji hamda Toshkent moliya iqtisodiyot kasb-hunar kollejlarida darslarni kuzatish jarayonida ilg’or pedagogik tajribalar va yangi pedagogik texnologiyalar bilan tanishadilar.

2 noyabr 2015 yil, O`qilgan:10092



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :

Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети қошидаги Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасалари ходимларининг малакасини ошириш ва қайта тайёрлаш факультети

7 sentabr 2015 yil

Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети қошидаги Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасалари ходимларининг малакасини ошириш ва қайта тайёрлаш факультетининг малака ошириш бўйича 2015 йил
РЕЖАСИ


Bizning loyihalar

        

OMKXT pedagoglarini MO va QT

  • O`M va KHK malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti
  • Malaka oshirish
  • Pedagogik qayta tayyorlash