Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Xorijiy о‘qituvchi va talabalar bilan ishlovchi о‘qituvchilar uchun eslatma






Mustaqillik tufayli oxirgi yillarda О‘zbekistonning yetakchi universitetlari qatori Toshkent davlat pedagogika universitetining ham Yevropa va Osiyo mamlakatlari ta’lim muassasalari bilan aloqalari tobora rivojlanib bormoqda. TDPU bu sohada yaxshi faoliyat olib borayotgan universitetlar qatoridan о‘rin olgan. Bunga universitetimizning Koreya Respublikasining 20 dan ortiq universitetlari, Yevropaning qator universitetlari, Misr universitetlari, Rossiya va Qozog`istonning yetakchi oliy ta`lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik aloqalari o`rnatilganini ko`rsatishimiz mumkin, Yevropa Ittifoqining ERASMUS+, TEMPUS, DAAD (Germaniya) va KOICA, “Shinan fond” (Koreya) loyihalarida qatnashib kelayotganini ko`rsatsak bo`ladi. Bundan tashqari universitetimizga 2017-2018 о‘quv yilida 20 ga yaqin xorijiy talaba shartnoma asosida о‘qishga qabul qilinayotgani, bizning talaba va yosh о‘qituvchilarimiz esa xorijda malaka oshirib qaytayotganini ham ta’kidlashimiz lozim. Ayni paytda universitetimiz talabalariga chet ellik professor-о‘qituvchilar ham dars berib kelmoqda.

Umuman olganda, xalqaro aloqalar sohasida olib borayotgan faoliyatimizda jiddiy kamchiliklar bо‘lmasada, lekin bu bilan hamma ishlar joyida ekan, degan xulosa qilmaslik kerak. Asosiy kamchiliklardan biri bu chet ellik talabalar, shu jumladan xorijiy о‘qituvchilar bilan ishlashda yо‘l qо‘yilayotgan e’tiborsizliklar. О‘tgan 2016-2017 о‘quv yili buning yorqin misoli bо‘ldi. Chunki shu yili 1 ta Xitoylik, 1 ta Rossiyalik va 1 ta Turkiyalik talabalarimiz kursdan kursga qoldirildi va hozirda o`qishini o`z yurtida davom ettirish maqsadida hujjatlarini qaytarib olishni xoxlashmoqda, bu esa universitet obro`siga ta`sir qilmoqda. Ushbu holatda buning sababi ularning davomati deb bahona qilindi. Aslida esa, masalaning ildizi bu talabalarning kursdoshlari orasida о‘z о‘rinlarini topishlariga va о‘zlashtirib olishlariga tashqi ta’sir, aniqrog‘i yon-atrofdagilar e’tiborining yetarli bо‘lmaganida bо‘lsa kerak. Bunday voqealarning takrorlanishi, sо‘zsiz, universitet uchun yoqimsiz holdir va xorijiy talabalar safining kо‘payishiga salbiy ta’sir kо‘rsatishi aniq. Bu о‘quv yilida qabul qilingan xorijliklar ham о‘qishdan qiynalayotganlarini va sessiyadan juda xavotirda ekanlarini aytib, murojaat qilmoqdalar. Ularning kollektivga kirishib ketishlariga nimalardir tо‘sqinlik qilayotgani ma’lum bо‘lmoqda. Bundan xulosa qilgan holda, chet ellik talabalarga e’tibor va munosabatni qayta kо‘rib chiqish kerakligini eslatib o`tamiz. Boshqacha qilib aytganda, bunday salbiy hollar universitetimiz tо‘g‘risida notо‘g‘ri tasavvur paydo qilmasligi uchun harakat qilsak maqsadga muvofiq bo`lgan bo`lar edi.

Aksincha, xorijliklar bilan ular xoh talaba bо‘lsin, xoh о‘qituvchi bо‘lsin shunday ish olib borish kerakki, ular о‘z yurtlariga О‘zbekiston, xalqimiz, qolaversa, universitetimiz tо‘g‘risida faqat yaxshi taassurotlar, ijobiy fikr bilan qaytib, vatandoshlarini bizda о‘qishga da’vat etsinlar.

Aytilganlardan kelib chiqib, quyidagilarga e’tibor berilishini sо‘raymiz:

1. Chet ellik talabalarning o`zbek talabasidan 2-3 baravar ko`p to`lov tо‘lab о‘qiyotgani, ularning bizning talabalarimizga o`xshab oylik stipendiya puli olishmasligi va о‘zlariga nisbatan alohida e’tibor kutishlari (Chunki, chet el ta`lim sistemasi butunlay boshqacha).

2. Odatda, ularning, uzrli sabablarga kо‘ra, о‘qishga kechroq kelishlari, talablarni bajarishda qiyinchilik tug‘diradi.

3. О‘zbek yoki rus tilini tegishlicha bilmaslik ham ularda qо‘rquv va ishonchsizlik hissini uyg‘otishi mumkin.

4. Xorijiy talabalarni yosh о‘qituvchi va a’lochi talaba bilan ularning о‘qishi va turmushi bо‘yicha kelib chiquvchi muammolarni bartaraf etishda yordam berish uchun biriktirib qо‘yilsa, maqsadga muvofiq bо‘lar edi.

5. Ular о‘zlarini kollektivdan tashqarida deb his etmasliklarini ta’minlashga harakat qilish kerak

6. Xorijiy talabalar bilimini baholash, imtihon olishda ushbu eslatmani yana bir karra yodga olish.

Eslatma! Xorijlik talabalar biz dars berayotgan horijiy tilllar bo`yicha universitet talabalari malakasini oshirishda va aloqa qilish qobiliyatini shakillantirishda katta yordam berishlari mumkin. Bu imkoniyatlardan unumli foydalanaylik, horij tajribalarini o`rganish maqsadida ular bilan yaqindan muloqot qilaylik va yurtimiz mexmondo`stligini yana bir bora isbotlaylik.

27 dekabr 2017 yil, 11,906
Yuldasheva D.


Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)