Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Dekanat haqida

декана факультета естественных наук ТГПУ им. Низами доктора биологических наук Сапарова Каландара Абдуллаевич






DEKAN

O`QUV ISHLARI BO`YICHA DEKAN MUOVINI

Berdiqulov Ravshanjon Shavkatovich – 2006 yil TDPU Tabiiyot fanlari fakulteti kimyo va ekologiya ta’lim yo’nalishini imtiyozli diplom bilan yakunlab, 2009 yil Kimyo mutaxassisligi magistraturasini tamomladi va shu yildan boshlab Kimyo va uni o`qitish metodikasi kafedrasida assistent-o’qituvchi(2009-2011), o’qituvchi lavozimida (2011-2017), 2017 yildan boshlab fakultetning o`quv ishlari bo`yicha dekan muovini lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. R.SH.Berdiqulov talabalik vaqtidan boshlab kimyo ta’limiga axborot texnologiyalarini tadbiq qilish masalasi ustida ilmiy izlanish olib bordi. Uning bakalavrlik va magistrlik dissertatsiyasi aynan shu yo’nalishda bo’lib, samarali natijalarni oldi hamda amaliyotga joriy qildi. Izlanish davomida 2 ta elektron o’quv qo’llanmaga xammualliflik asosida O’zbekiston respublikasi guvoxnomasini oldi, 12 ta ilmiy maqola, 18 ta tezislarni nashr ettirdi. Bugungi kunda Ravshan Berdiqulov “Ta’limni modernizatsiyalash sharoitida kimyo o’qituvchilarining deduktiv taxlil ko’nikmalarini shakllantirish texnologiyalari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilish maqsadida ilmiy izlanish olib bormoqda. Izlanish natijasida oliy ta’lim vazirligi grifi asosida 2 ta o’quv qo’llanma, 3 ta metodik qo’llanma, xalqaro ilmiy jurnallarda 2 ta, respublika ilmiy jurnallarida 7 ta ilmiy maqolalar va bir necha o`nlab tezislar nashr ettirdi. U pedagogik faoliyatida ham yaxshi natijalarni qayd etib kelmoqda. Jumladan, respublika miqyosida 2012-2014 yillarda o’tkazilgan ko’chma seminar-treninglarda faol ishtirok etib, 3 marta Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan maqtov yorlig’i va viloyatlar boshqarmalari tomonidan bir necha marotaba tashakkurnoma hamda faxriy yorliqlar oldi.

Oilali, 4 nafar farzandi bor.

13 dekabr 2017 yil, 2,851
Berdiqulov .


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering