library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

Yo’l harakati xavfsizligi oyligi

14 dekabr 2016 yil, 1,080

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Yо‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda “Talaba-yoshlar tomonidan sodir etilgan yо‘l-transport hodisalari, yо‘l xarakatlari qoidabuzarliklari va ularning oldini olish” mavzusida tadbir о‘tkazildi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor O.Qо‘ysinov ushbu tadbirni kirish sо‘zi bilan ochib, tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarni tanishtirdi. Yо‘l harakati qoidalarini talaba-yoshlarga tushuntirish va targ‘ib qilish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Yо‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Oliy ta’lim muassasalarida tushuntirish targ‘ibot tadbirlari tashkil etilayotganligi hamda ushbu tadbir universitetimizda ham о‘tkizilayotganligini aytib о‘tdi.

Toshkent shahar Ichki ishlar boshboshqarmasi, Yо‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mayori A.Abduqodirov, A.Voxidovlar sо‘zga chiqib, Yо‘l harakati qoidalari hamda yangi kiritilgan qoidalarni tushuntirib о‘tdi. Talaba-yoshlarning savollariga javob berdi. Shuningdek, ma’ruzachi о‘z sо‘zining oxirida talaba-yoshlarga Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tasvirga olingan video-rolik nomoyish etildi. Tadbir sо‘ngida Tabiiy fanlar fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha dekan muovini B.Axmadaliyeva sо‘zga chiqib bugungi tadbirda sо‘zga chiqqan notiqlarning ma’ruzalarini davom ettirish maqsadida universitetda о‘tkaziladigan “Axborot va murabbiylik soatlari”da talabalarga tushuntirish va targ‘ibot ishlarini davom ettirilishini aytib о‘tdi.

14 dekabr 2016 yil, O`qilgan :1080



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar