|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati

Tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari 2016 yil 12 dekabr kuni Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi.

Tadbirga Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilaridan, dotsent Hayitov Xushvaqt Saparbaevich, Abduraxmanova Xosiyatxonlar ma’ruzachi sifatida ishtirok etdilar. Ma’ruzachi, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti X.Hayitov o‘z ma’ruzasida quyidagilarni gapirib o‘tdi: “Davlatning jamiyatga rahbarlik qilish va boshqarish sohasidagi rolini, uning faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish zarurati belgilaydi. Huquqiy jihatdan tartibga solish esa, turli xil huquqiy asos orqali amalga oshiriladi. Ular orasida asosiy o‘rinni, hech shubhasiz, Konstitutsiya egallaydi.

Keyingi ma’ruzachi, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi X.Abduraxmanova o‘z ma’ruzasida quyidagi ma’lumotlar bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi. U o‘z so‘zida quyidagilarni aytib o‘tdi: “Asosiy konstitutsiyaviy qoidalar, prinsiplar yuridik bazani tashkil qiladi. Ushbu yuridik baza negizida esa huquqning barcha:moliyaviy, fuqarolik, jinoiy, mehnat va boshqa sohalarining normalari mujassam. Har qanday me’yoriy-huquqiy hujjat:qonunlar, farmonlar, qarorlar va boshqalar, konstitutsiyaga asoslanadi. Boshqacha aytganda, konstitutsiya barcha qonun hujjatlarining asosi, manbai hisoblanadi.

Tadbirda Tabiiy fanlar fakulteti talabalari prof-o‘qituvchilari Konstitutsiyaga oid o‘zlarining savollariga soha mutaxassislari, huquqshunos olimlardan to‘liq javoblar oldilar.

Tadbir mazmunli va qiziqarli o‘tdi, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Talaba-yoshlar Konstitutsiya haqidagi bilimlarini yanada boyitdilar.

Tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari, talabalari faol ishtirok etishdi.

14 dekabr 2016 yil, O`qilgan:390

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    Darsni didaktik tahlil qilishda uning qaysi jihatlariga asosiy e`tibor qaratiladi?

    Javob: mavzuning ilmiyligi, izchilligi, oddiydan murakkabga yo`nalishni ko`rsatmaliligi, bilim va axborotlarni hayotiyligi, jonliligi ravon tilda olib borilishi

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Đĺéňčíă ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar