Foydali manbalar













OTM web-reytingi

“Mexrobdan chayon” kitobning taqdimoti

Nizomiy nomidagi TDPU “Kasb talimi” fakulteti 5-Talabalar turar joyida navbatdagi “Kitob taqdimoti’’ o‘tkazildi






Kasb ta’limi fakulteti talabalari o‘rtasida reja asosida muntazam kitob taqdimotlari o‘tkaziladi. Taqdimotni talabalar o‘zlari bir xafta muobaynida o‘qib tayyorgarlik ko‘rishadi. Kitob taqdimotni kafedra professor-o‘qituvchilari hamda dekan muovini kuzatib boradi. Navbatdagi taqdimot 2016 yil 9 dekabr kuni 5-Talabalar turar joyini 4-qavatida bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda O‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriyning “Mexrobdan chayon” kitobi taqdim etildi. Kitob 2012 yil “Sharq nashriyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh taxririyati” tomonidan nashr etilgan. Kitob taqtimotini 4-02 xonada yashovchi D-302 guruh talabasi Nurmatova Moxinur tomonidan o‘tkazildi. Ushbu roman Abdulla Qodiriyning ikkinchi yirik asari bo‘lib 1928 yil fevral oyida yozib tugatilgan. Roman bosh qaxramonlari Anvar bilan Ra’noning sevgi sarguzashtlari, qalb nazokati shoirona tarannum etilgan.Ushbu romanda adib personajlar qismati bilan bog‘liq xolda muxim tarixiy xodisalar, shaxslar, sarguzashtlar xaqida xam ma’lumot berilgan. Kitob talabalarda katta ta’surot uyg‘otdi. Kitob taqdimot o‘tkazishdan maqsad avvalo talabalarni bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish bo‘lsa va yana qolaversa talbalarni kitobga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Keyingi kitob taqtimotini o‘tkazish navbati 4-03 xonada yashovchi magistr Nazarova Go‘zalga berildi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

bo‘yicha dekan muovini: R.Jabborov

14 dekabr 2017 yil, 2,097
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering