Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Koreys millatiga mansub talaba maqom kuylamoqda

“Assalom O’zbekiston” teledasturi Musiqa ta’limi yo’nalishi talabalari huzurida.






2016 yil 15 dekabr kuni Musiqa ta’limi yo’nalishi qoshidagi “Oltin meros” xalq ansambli iqtidorli talabalari ijodiy faoliyatini suratga olish uchun O’zbekiston televideniyasi O’zbekiston telekanali “Assalom O’zbekiston” informatsion dasturi rejissyori Movluda Tojiboeva boshchiligida ijodkorlar tashrif buyurdilar.

“Oliin meros” ansambli safida koreys millatiga mansub Volodiya Yugay nafaqat rus, koreys qo’shiqlari, balki o’zbek xalq va mumtoz qo’shiqlari, maqom ashulalarini kuylashni yaxshi o’zlashtirib olgan talabalardan xisoblanadi.Hozirgi kunda u Ko’rmadim, Sarohbori Dugoh taronalari, Segoh, Mubtalo bo’ldim senga kabi qo’shiqlarni kuylashni dotsent Davron Qodirov rahbarligidagi ansamblda va an’anaviy honandalik bo’yicha amaliy mashg’ulotlarda o’rganib kelmoqda.

Hozirgi kunda ansamblь jamoasi yangi kontsert dasturi ustida ijodiy ish olib bormoqda.Dasturda o’ttizga yaqin o’tmish bastakorlar ijodi, mumtoz ashulalar, zamonaviy shoirlarning she’rlariga bastalangan yangi qo’shiqlarni kuylash mahoratini egallab bormoqdalar.

Zilola Isabekova mazkur yo’nalishda ikkinchi bosqichda ta’lim olish bilan birga ansamblga faol ishtirok etib keladi.U grand sohibasi sifatida 2016 yil 21-22 fevralda o’tkazilgan “Barhayot navolar” respublika ko’rik-tanlovida ishtirok etib birinchi darajali diplom bilan taqdirlandi.

Teledastur jamoasi ansamblь ijrosidagi Onamga, Eshvoy, Sarohbori dugoh taronalarini suratga olib, talabalardan intervьyu oldilar.

Suratga olish jarayonlari qiziqarli va samarali o’tdi.

Mazkur yozuv 2016 yil 19 dekabrь kuni namoyish etiladigan “Assalom O’zbekiston” teledasturida efirga uzatilishini ma’lum qilishdi.

Ansamblning badiiy rahbari:dotsent.D.Q.Qodirov.

16 dekabr 2017 yil, 2,003
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering