Foydali manbalar













OTM web-reytingi

"Sog`lom ona va bola" yili davlat dasturiga ko`ra amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 9 oylik yakunlari to'g'risida davra suxbati

"Ijtimoiy - iqtisodiy fanlar" kafedrasi tomonidan 10-TTJ da "Sog`lom ona va bola" yili davlat dasturiga ko`ra amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 9 oylik hisoboti to'g'risida talabalar bilan davra suhbati o`tkazishdi






"Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar" kafedrasi professor-o`qituvchilaridan f.f.n prof I.Hakimov, o`qituvchi A.Aymuhammedova, katta ilmiy xodim izlanuvchi U.Mamayusupov. o`qituvchi M.Nurto`lashev, o`qituvchi O.Toshev va o`qituvchi N.Tangirovlar universitetning 10-talabalar turar joyida O`zbekiston Respublikasida "Sog`lom ona va bola" yili davlat dasturiga ko`ra amalga oshirilgan ishlar yuzasidan talabalar bilan davra suhbati o`tkazishdi.

Tadbirni prof. I.Hakimov ochib berdi. I.Hakimov mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining to`qqiz oylik yil yakunlari xususida talabalarga keng qamrovli ma`lumot berdi.

Keyin kafedra katta ilmiy xodim izlanuvchisi U. Mamayusupov so`z olib yurtimizda "Sog`lom ona va bola" yili davlat dasturiga ko`ra yurtimizda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma`lumotlar berdi.

Shundan so`ng o`qituvchilar A.Aymuhammedova , M.Nurto`lashev , O.Toshev va N.Tangirovlar talabalar fikrini bilish maqsadida talabalar bilan savol javob o`tkazishdi. Davra suhbati mazmunli o`tdi. Talabalar bu davra suhbatidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

9 yanvar 2017 yil, 1,670
Yuldasheva D.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering