|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


Tabiiy fanlar fakultetida 17.12.2016da “Ota-onalar” yig‘ilishi o‘tkazildi.

2016 yil 17 dekabr kuni fakultetga tashrif buyuruvchi ota-onalarni fakultet jamoasi tomonidan tayinlangan ma’sullar va kafedra mudirlari boshchiligida kutib olindi. Ota-onalarga maxsus ular uchun ta`lim yo‘nalishlari va kurslar bo‘yicha konferensiya zalida uchrashuv o`tkazildi, majlis dasturi bilan tanishtirildi. Dasturga binoan, talaba-yoshlar uchun o`qishdan bo`sh vaqtlarida maroqli dam olishlari, sport bilan shug‘ullanishlari va qo`shimcha ta’lim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, talabalar turar joyi va fakultetda yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi.

Yig‘ilishni fakultet dekani E.Yuzlikayeva ochib berdi. Yig‘ilish 1-2-kurslarning guruh murabbiylari rahbarligida davom etdi. Fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini B.Sh.Axmadalieva, ota-onalar kengashi raisi A.Mamadalieva, murabbiylar Kengashi raisi M.Isabekovalar barcha guruhlarda “Odob ahloq qodalari”ning kiyinish madaniyati, mobil telefondan foydalanish va ichki tartib qoidalari to‘g‘risida ta`kidlab o`tildi. Yig‘ilishni tartibli, mazmunli o‘tkazilishida kafedra mudirlari D. Mamatqulov, N. Alimqulov, N. Bozorovlar faol ishtirok etishdi. Ayniqsa, Geografiya o‘qitish metodikasi yo‘nalishi 101-guruhda tashkil etilgan tadbir ishtirokchilarda katta taasurot qoldirdi. Guruh murabbiysi N. Sultonovaga tayyorlagan guruh haqidagi taqdimoti uchun fakultet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma e’lon qilindi.

Tadbir so‘ngida ta’lim muassasasida talaba-yoshlarga yaratilgan sharoitlar yuzasidan ota-onalarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi hamda hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishib olindi.

17 dekabr 2016 yil, O`qilgan:336

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    Reyting baholari, kurs va diplom ishlari loyihalari, bitiruv malakaviy ishlar, davlat attestatsiyasi natijalarini baholash qaysi metodlar guruhiga taalluqli?

    Javob: Bilimlarni tadbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko`nikmalarni hosil qilish metodlar guruhi

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar




        
2017-03-27 23:29:16