Foydali manbalar













OTM web-reytingi

“O’zbekiston deya atalur” mavzusida binar – dars va master – klass o’quv mashg’uloti o’tkazildi

2016 –yil 17-dekabrda, “Umumiy pedagogika” kafedrasi professor – o’qituvchilari Toshkent shahar Bektemir tumani 293-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida binar – dars va master – klass o’quv seminari hamda trening mashg’ulotlarini o’tkazishdi.






2016 –yil 17-dekabrda, “Umumiy pedagogika” kafedrasi professor – o’qituvchilaridan iborat D.Ruziyeva, A.Kaldibekova, H.Ruzmetova, N.Mirsagatova, S.Djumayeva, B.Xodjayev, F.Mirzayeva, Z.Abralova, N.Gafurova, S.Azimova, G.Muminovalar Toshkent shahar Bektemir tumani 293-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida “Vatan tuyg’usi” fani bo’yicha “O’zbekiston deya atalur” mavzusidagi binar – dars va master – klass o’quv seminari hamda trening mashg’uloti o’tkazildi. “O’zbekiston deya atalur” darsini 5-sinfda mazkur maktab o’qituvchisi S.S.Kaldibekova va “Umumiy pedagogika” kafedrasi katta o’qituvchisi S.A.Djumayeva va professor A.S.Kaldibekovalar tomonidan o’tkazildi. 293-maktab o’quvchilari tomonidan “Vatan – yagona va muqaddas” mavzusidagi adabiy – musiqiy kompozitsiya namoyishi bo’lib o’tdi.

Shundan so’ng, Bektemir tumanidagi qo’shni maktab o’qituvchilari ishtirokida “Master - klass” o’quv seminari va trening mashg’uloti davom etdi. O’quv seminarda Nizomiy nomidagi TDPUning “Umumiy pedagogika” kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori D.I.Ruziyevaning “O’qituvchining innovatsion faoliyati va o’ziga xosliklari” mavzusidagi ma’ruzasi, “Umumiy pedagogika”, kafedrasi professori A.S.Kaldibekovaning “Zamonaviy dars: loyihalash va rejalashtirish” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi. Pedagogika fanlari doktori, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi PKQTMO tarmoq markazi direktori B.X.Xodjayevning “Interfaol darslarni tashkil etish va o’tkazish metodikasi” mavzusidagi trening mashg’uloti o’tkazildi. So’ngra trening mashg’uloti feydbek bilan yakunlandi.

19 dekabr 2017 yil, 2,471
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering