library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

19 dekabr 2016 yil, 1,133
.

“Abiturient shtabi”ga jalb qilish

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Chet tillar fakulteti o‘qituvchilari Angren Akademik litseyiga tashrif buyurishdi

Fakultetda hamkorlik ishlarini olib borish an’anaviy tarzda yulga qo‘yilgan. Fakultet professor o‘qituvchilari Xasanov L.X., Sarimsakova G., va boshqalar 16 dekabr kuni Angren Akademik litseyiga tashrif buyurdilar. Akademik litsey o‘quvchilarini “Abiturient shtabi”ga jalb qilish va OTMlarga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berib o‘tdilar. Ushbu trening-mashg‘ulotlarida talabalarni test savollari bilan ishlash ko‘nikmasi shakllantirildi va ularga kerakli tavsiyalar berildi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga malakali professor-o‘qituvchilar atroflicha javob berdilar. Trening mashg‘ulotlaridan so‘ng hamkorlik dastur rejasiga ko‘ra qo‘shma yig‘lish o‘tkazildi va uni Angren Akademik litseyi direktori Ishankulov M.U. ochib berdi va mamnuniyat bilan so‘z navbatini Nizomiy nomidagi TDPU Akademik litsey va KHK bilan ishlash bo‘yicha prorektori, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Gulyamov K.M. ga berdi. K.Gulyamov hamkorlik ishlarining borishi va litsey talabalarining OTMlarga, jumladan Nizomiy nomidagi TDPU kirish foizlari haqida to‘xtalib o‘tdi.Ushbu masala yuzasidan universitet va Akademik litsey professor o‘qituvchilari ham ushbu masala yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Uchrashuv yakunida universitet prorektori Gulyamov K.M. va litsey direktori Ishankulov M.U. yana bir bor olib borilayotgan ishlar ko‘lami, yutuq va kamchiliklar hamda istiqboldagi rejalar to‘g‘risida fikr bildirdilar.

19 dekabr 2016 yil, O`qilgan:1133



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar