library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

20 dekabr 2016 yil, 789
.

Ustozlar xotirasi doimo shogirdlar qalbida

Ma’lumki har bir soha vakilining o’zining ustozi yoki “shu sohaning yetuk olimi, fidoyisi, ustasi” bo’lishida ma’lum miqdorda o’zining xissasini qo’shgan hamda hayotda uning qalbidan joy egallagan ustoz maqomidagi yaqin insoni bo’ladi. Shu inson bilan hayotga qaraydi, shu insonning ijobiy xislatlarini o’zida mujassam qilishga harakat qiladi.

Shunday ustozlardan biri texnika fanlari nomzodi, professor Raxmatulla Ismatullayev xayot bo’lganlarida yetmish yoshni qarshilar edilar. Ustoz xotiralashga arzigulik, qalban komil inson edi. Sababi, ustoz o’zining butun umrini universitetimizda, Respublikamizda “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” fanlarini rivojlanishiga, uning ravnaqiga bag’ishlagan desak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki ustoz butun umri davomida faqat universitetda ishlab faoliyat ko’rsatdilar, shu bilan bir qatorda bir necha shogirdlar orttirdilar. Hozirda respublikamizning turli viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari, umumo’rta ta’lim maktablarining tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchilarining aksariyati ustoz qo’lida tahsil olgan.

Ismatullayev Rahmatulla 1946-yil 21-dekabrda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Rahmatulla Ismatullayevni respublikamizning turli o‘quv muassasalarida «Tasviriy san’at», «Chizmachilik», «Chizma geometriya» fanlaridan dars berayotganlarning ko‘pchiligi o‘zining ustozi deb biladi. Ustoz bu maqomga erishish uchun mashaqqatli mehnat yo‘lini bosib o‘tgan. R.Ismatullayev 1968-yilda Nizomiy nomidagi TDPUning Fizika-matematika va chizmachilik fakultetinini tamomlagach, yosh mutaxassis sifatida pedagogik faoliyatini aynan shu dargohda boshlagan. Mutaxassis sifatida yuqori malakaga erishish maqsadida u tanlagan ixtisosligi taraqqiy etgan ilmiy markazlardan biri - Kiyev qurilish muhandislari institutida stajirovkada (1971-1972), keyin aspiranturada tahsil olib, 1978-yilda 05.01.01. «Amaliy geometriya va muhandislik grafikasi» mutaxassisligi bo‘yicha «Geometrii tritkanovogo setchatogo karkasa poverxnostey primenitelno kvantovim pokritiyam» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Qiziqarli tomoni ustoz garchi fizika-matematika-chizmachilik fakultetini tamomlagan bo’lsada, Kiyevda aspiranturadagi tahsili davomida Perspektiva fanini mukammal o’zlashtirib, u yerda metodik qo’llanma chop ettirgan.

R.Ismatullayevning butun ilmiy-pedagogik faoliyati Nizomiy nomidagi TDPUda kechdi. Ustoz turli yillarda kafedra katta o‘qituvchisi (1982-1985), dotsenti (1982-2003), professori (2003-yildan buyon) bo‘lish bilan birga salohiyatli rahbar sifatida ham barakali mehnat qildi. R.Ismatullayev fakultet dekani o‘rinbosari (1971-1990), ayniqsa, dekan (1990-2000) bo‘lib ishlagan davrlarda fakultetda o‘quv jarayonining sifati, professor - o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati ko‘tarildi. U fakultetga rahbarlik qilgan yillarida 8 fan nomzodi, 1 fan doktori tayyorlangan. Zero, bu fakultet tarixida eng yuqori ko‘rsatgichdir. 2001-2002-yillarda universitet o‘quv bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan R.Ismatullayev 2004-yildan universitetning ilmiy bo‘limiga rahbarlik qildi. Ustozning yana bir ibratli fazilati shundaki, u sohani manfaati, uni rivojlantirish yo‘lida fidoyilik va jonkuyarlik namunalarini ko‘rsatib keldi. Uzoq yillar mobaynida respublika ta’lim markazida chizmachilik va tasviriy san’at ilmiy metodik kengash raisi, a’zosi sifatida mamlakatimiz ta’lim muassasalarini o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlashga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Kafedrada uzoq uzilishdan so’ng magistraturani tiklashga ya’ni, 5A110802-Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi magistratura mutaxassisligini ochishda faol qatnashdilar.

Ustoz nafaqat salohiyatli olim va rahbargina emas, balki amaliyotchi pedagog sifatida ham ko‘pchilikka ibrat bo‘ldi. Uning shogirdlari orasida Respublika va Xalqaro olimpiadalarning g‘olibi va davlat stipendiatlari bo‘lgan. Bulardan turli yillarda X.Rixsiboyeva (hozirgi kunda kafedrada o’qituvchi bo’lib ishlaydi), M.Mamasoliyev (hozirgi kunda Lukoyl kompaniyasining Dubay shahridagi filialida mutaxassis bo’lib ishlaydi), S.Zoitov (hozirgi kunda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi umumo’rta ta’lim maktabida o’qituvchi bo’lib ishlaydi)lar “Chizma geometriya va chizmachilik” va “Muhandislik kompyuter grafikasi” fanlaridan talabalar respublika fan olimpiadasi g’olibi hamda A.Navoiy nomidagi Davlat stipendiati bo’lganlar. Har qaysisi ingliz tili va axborot texnologiyalardan yuqori bilimga ega bo’lgan.

R.Ismatullayevning ilmiy-metodik ishlar ro‘yxati 100 dan ortiq bo‘lib, ustoz darslik, o‘quv qo’llanmalar, metodik qo‘llanma va ko’rsatmalar hamda ilmiy maqolalar chop etganlar. Bulardan quyidagi darslik hamda o’quv qo’llanmalari hanuzgacha o’z qimmatini yo’qotmagan:

1. Chizma geometriya (1-qism). O‘quv qo‘llanma, Toshkent, 2003, 2005.

2. Chizma geometriya (2-qism). O‘quv qo‘llanma, Toshkent, 2007.

3. Topografik chizmachilik. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. Toshkent, Cho‘lpon, 2009.

Professor R.Ismatullayev hammuallifligida yozgan «Topografik chizmachilik» darsligi respublika o‘quv adabiyotlar tanlovida nufuzli o‘ringa sazovor bo‘lgan. Qisqa qilib aytganda, ustoz R.Ismatullayev hayotdan ko’z yumgan bo’lsalarda, ular tayyorlagan shogirdlari o’zlarining izidan borib ishlarini davom ettirmoqdalar. Ustoz tomonidan yozib qoldirilgan ilmiy maqolalar, o’quv-uslubiy, o’quv qo’llanmalar, darsliklari o’z qimmatini yo’qotmagan va doimo yoshlar tomonidan o’qib-o’rganib kelinmoqda.

«Muhandislik grafikasi va uni

o‘qitish metodikasi» kafedrasi jamoasi

20 dekabr 2016 yil, O`qilgan:789



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar

        

Ma`naviy-ma`rifiy ishlar