library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

20 dekabr 2016 yil, 697
.

“Abiturient shtabi” ni yanada rivojlantirish

2016 yil 16 dekabr kuni Nizomiy nomidagi TDPU Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori K.Gulyamov boshchiligida bir guruh professor-o‘qituvchilar Universitet qoshidagi Angren akademik litseyiga tashrif buyurdilar.

2016 yil 16 dekabr kuni Nizomiy nomidagi TDPU Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori K.Gulyamov boshchiligida bir guruh professor-o‘qituvchilar Universitet qoshidagi Angren akademik litseyiga tashrif buyurdilar. Ushbu tashrifdan ko‘zda tutilgan maqsad shunday ediki, hamkorlik fillialarini va “Abiturient shtabi” ni yanada rivojlantirish hamda akademik litsey professor-o‘qituvchilari bilan universitet professor o‘qituvchilari aloqalarini mustahkamlashdan iborot edi.Universitet professor-o‘qituvchilarining har biri alohida darslarga kirib darslarni kuzatdilar va tahlil qildilar. Universitetimizning o‘qituvchilari tomonidan “Abiturient shtabi ”faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida jalb qilingan professor-o‘qituvchilar jumladan ingiliz tili fanidan o‘qituvchi Hasanov Lutfiddin

Tarix fanidan Yaqubjonov Jasur o‘zining fanga oid testlari va ma’ruzasi o‘quvchilarga juda maqul bo‘ldi.Biologiya fanidan katta o‘qituvchi Raxmatov Uchqun, kimyo fanidan katta o‘qituvchi Oybek Iskandarov hamda

boshqalar akademik litsey o‘quvchilariga “Abiturient shtabi” bo‘yicha o‘z guruxlariga dars jarayoni tashkillashtirib qiziqarli darslar o‘tib berishdi. Universitet uqituvchilari tomonidan tashkil etilgan darslar akademik litsey o‘quvchilariga juda yoqdi.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi uslubchisi Xolqo‘ziev Tursinali hamkorlik ishlarini samaradorligini yanada kuchaytirish maqsadida litsey mas’uli bilan birgalikda filiallar hamkorlik shartnomalari ustida ish olib bordilar. Tashrif davomida akademik litsey o‘qituvchilari bilan birgalikda suhbat uyushtirildi. Universitetimizning Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor K.Gulyamov tomonidan so‘zlangan nutq hammaga manzur bo‘ldi.O‘z nutqida K.Gulyamov “Abiturient shtabi” hamda filiallar faoliyatini takomillashtirish, akademik litsey bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish foizini oshirish, ularni bandligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Litsey o‘qituvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

20 dekabr 2016 yil, O`qilgan:697



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar

        

AL va KHK bilan xamkorlik