Foydali manbalar













OTM web-reytingi

'Shoirni yod etib'

Tadbirda Nizomiy nomidagi TDPU prorektori K.Gulyamov, “O`zbek tili va nutq madaniyati” kafedrasi mudiri G.Norimova va katta o`qituvchi Q.Mo`ydinov, shuningdek, xalqimizning sevimli san’atkori Ravshan Jo`rayevlar ishtirok etdi.

Shoir bo‘lsang, bo‘lsin qalbing

Elga qurbon bo‘lgulik

Shoir bo‘lsang, bo‘lsin xalqing

Senga qalqon bo‘lgulik.

Erkin Vohidov

O‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan atoqli shoir, taniqli davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan ahamiyatini inobatga olib hamda shoir tavalludining 80 yilligini keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-dekabrda shoir tavalludining 80 yilligini keng nishonlash haqidagi qarori qabul qilindi.Respublikamizning barcha go`shalarida, ta`lim muassasalarida O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov xotirasini yod etish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, kitob taqdimotlari, adabiy kechalar bo‘lib o‘tmoqda. Bu esa mamlakatda adabiyotga, ma’naviyatga bo‘lgan yuksak e’tiborning yana bir yorqin ifodasi deb aytishimiz mumkin. Ana shunday ijodiy uchrashuvlardan biri Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 104- umumta`lim maktabi bilan hamkorlikda “Men о‘zbekning о‘g‘loniman” mavzusida bo`lib o`tdi. Unda Nizomiy nomidagi TDPU prorektori K.Gulyamov, “O`zbek tili va nutq madaniyati” kafedrasi mudiri G.Norimova va katta o`qituvchi Q.Mo`ydinov, shuningdek, xalqimizning sevimli san’atkori Ravshan Jo`rayevlar ishtirok etdi. Kecha ishtirokchilari tomonidan shoir xotirasi yod etilib, ijodiy merosidan namunalar o`qildi va kichik sahna ko`rinishi namoyish etildi. Qiziqarli o`tgan tadbir so`ngida Sergeli tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limi hamda 104-maktab ma’muriyati universitet professor-o`qituvchilariga ijodiy hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida “Mahorat maktabi” yo`nalishidagi hamkorlikni davom ettirishni taklif etdilar.

5 yanvar 2017 yil, 599
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering